331
Jadvaldan ko‘rinadiki, o‘rtacha doimiy xarajatlar
mahsulot ishlab chiqarish
hajmining o‘sishi bilan kamayib bormoqda. Bu
ishlab chiqarish hajmining
kengayishi bilan korxonaning doimiy xarajatlari mahsulotlarning tobora ko‘payib
boruvchi miqdoriga taqsimlanib borishi natijasida ro‘y beradi. O‘rtacha
o‘zgaruvchi va o‘rtacha umumiy xarajatlar esa ishlab chiqarish hajmining o‘sishi
bilan turlicha o‘zgaraishi mumkin. Bizning misolimizda o‘rtacha o‘zgaruvchi
xarajatlar 100 dan 300 donagacha bir xilda bo‘lib,
ishlab chiqarishning yanada
kengayishi bilan ortib bormoqda.
O‘rtacha umumiy xarajatlar esa 400 donagacha
miqdorda pasayib borib,
undan yuqori miqdorlarda o‘smoqda. Jadvaldan ko‘rinadiki, o‘rtacha
umumiy
xarajatlarni o‘rtacha doimiy va o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlarning yig‘indisi
sifatida ham ifodalash mumkin:
O‘UX = O‘DX + O‘O‘X.
Bu o‘rtacha umumiy, doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlarning
egri chiziqlari
quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi (11.5-rasm):
S
O‘UX
Dostları ilə paylaş: