Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə261/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va 
barcha band bo‘lgan resurslari miqdorini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lgan 
davrdir. 
Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining 
o‘zgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona 
xususiyatidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. Misol uchun, tikuvchilik korxonasida 
ishlab chiqarish quvvatlarini nisbatan qisqa muddatda, masalan bir necha kunda 
o‘zgartirish mumkin. Buning uchun bir necha ish stoli va tikuvchilik mashinalari sotib 
olish va o‘rnatish kifoya qiladi. Mashinasozlik yoki neftni qayta ishlash zavodidagi 
qo‘shimcha quvvatlarni ishga tushirish esa bir necha yilni taqozo etishi mumkin. 
Uzoq muddatli davrda barcha xarajatlar, shu jumladan, doimiy xarajatlar ham 
o‘zgaruvchi hisoblanadi.
Qisqa muddatli vaqt davomida korxona o‘zining doimiy (qayd qilingan) 
quvvatlariga o‘zgaruvchi resurslar miqdorini qo‘shib borish yo‘li bilan ishlab 
chiqarish hajmini o‘zgartirishi mumkin. Biroq, ishlab chiqarish quvvatlariga 
(doimiy resurslarga) qo‘shilgan o‘zgaruvchi resurslar ma’lum vaqtdan so‘ng 
kamayib boruvchi natija (mahsulot) beradi. 
Bu holat marjinalistlar tomonidan 
unumdorlikning pasayib borishi qonuni 
deb atalmish g‘oya
 
orqali izohlab beriladi. Unga ko‘ra, ma’lum davrdan boshlab 
korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (masalan kapital yoki yerga) 
o‘zgaruvchi resurslar birligi (masalan, jonli mehnat)ni ketma-ket qo‘shib borish, 
har bir keyingi o‘zgaruvchi resurs birligi qiymatiga kamayib boruvchi qo‘shilgan 
mahsulot beradi. Boshqacha aytganda, agar asosiy kapitalga xizmat ko‘rsatuvchi 
ishchilar soni ko‘payib borsa, ishlab chiqarishga ko‘proq ishchini jalb qilib borish 
bilan ishlab chiqarish hajmining o‘sishi tobora sekinlik bilan ro‘y beradi. Bu 


334 
qonunni tasvirlash uchun quyidagi misolni keltirish mumkin. Faraz qilaylik, fermer 
foydalanadigan yerning doimiy miqdoriga (masalan 20 ga) ega bo‘lib, unda don 
etishtiradi. Agar fermer ekinga qayta ishlov bermasa, har bir gektar erdan 40 
sentnerdan hosil oladi deb hisoblaymiz. Agar ekinga qo‘shimcha bir marta ishlov 
berilsa, hosildorlik 50 s/ga ga qadar ko‘tarilishi mumkin. Ikkinchi ishlov berish 
hosildorlikni 57 s/ga, uchinchisi - 61 s/ga, to‘rtinchisi, aytaylik 63 s/ga ga qadar 
ko‘tarishi mumkin. Ekinga keyingi ishlov berishlar juda kam yoki nolga teng 
bo‘lgan qo‘shimcha hosil beradi. Bu yerda shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, 
unumdorlikning pasayib borish qonuni, o‘zgaruvchi resurslarning barcha birligi 
(masalan barcha ishchilar) sifat jihatidan bir xil degan farazga asoslanadi. Ya’ni, 
har bir qo‘shimcha ravishda jalb qilingan ishchi bir xil aqliy layoqatga, bilimga, 
malakaga, harakat tezligi va shu kabilarga ega deb hisoblanadi. Demak, qo‘shilgan 
mahsulot keyingi jalb qilingan ishchi kam malakaga ega bo‘lgani uchun emas, 
balki kapital (fondlar)ning mavjud miqdoriga nisbatan ko‘p miqdorda ishchilarni 
band qilish sababli kamayib boradi. Bu yerda ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi 
nisbat, mutanosiblik buzilishi sodir bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, 
unumdorlikning pasayib borishi degan qonun tabiiy ravishda o‘zidan o‘zi emas, 
balki omillarning boshqasi o‘zgarmagani holda ayrimlarini ko‘r-ko‘rona 
ko‘paytirib, ular o‘rtasidagi mutanosiblik buzilganda sodir bo‘ladi. 
Qulay iqtisodiy muhit tufayli ishlab chiqarish quvvatlarining to‘xtovsiz 
kengayib borishi natijasida korxona o‘rtacha umumiy (yalpi) xarajatlarida qanday 
o‘zgarish ro‘y beradi? Dastlab, qandaydir vaqt oralig‘ida ishlab chiqarish 
quvvatlarining kengayishi o‘rtacha umumiy xarajatlarning pasayishi bilan birga 
boradi. Ammo oxir-oqibatda ko‘proq va yanada ko‘proq quvvatlarni ishga 
tushirish o‘rtacha umumiy xarajatlarning o‘sishiga olib keladi. Bunday hollarni 
samaraning kamayib borish qonuni tushuntirib berolmaydi, chunki uning amal 
qilish shart-sharoiti ishlab chiqarishda foydalanadigan resurslardan bittasi 
miqdorining o‘zgarmasligi hisoblanadi. Uzoq muddatli davrda barcha resurslar 
miqdori o‘zgaradi. Bundan tashqari biz tahlilda barcha resurslar narxini doimiy deb 
faraz qilamiz. Shu sababli uzoq muddatli davrda o‘rtacha xarajatlarning o‘zgarishi 


335 
tamoyilini ishlab chiqarish miqyosi o‘sishining ijobiy va salbiy samarasi 
yordamida tushuntirish mumkin. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin