336
bo‘lgan rahbarning mehnati bir necha ishchiga ega bo‘lgan kichik korxonada
yetarli darajada foydalanilmaydi. Bu holatda ma’muriy apparatni ta’minlash
xarajatlarini oshirmagan holda korxona ishlab chiqarish xodimlarining sonini ikki
baravar ko‘paytirish mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga,
kichik firmalar
boshqaruvchi mutaxassis mehnatidan bevosita maqsadga muvofiq foydalana
olmaydilar. Kichik korxonada sotish muammolari bo‘yicha mutaxassis o‘z vaqtini
boshqaruvning turli sohalari – masalan, marketing,
ishchi kuchi resurslarini
boshqarish, moliyaviy boshqarish bo‘yicha taqsimlashga majbur bo‘lishi mumkin.
Operatsiyalar miqyosining kengayishi marketing bo‘yicha mutaxassis o‘zini
mahsulotlarni taqsimlash va sotish ustidan nazorat o‘rnatishga to‘liq bag‘ishlashi
mumkinligidan darak berib, boshqaruvning boshqa funksiyalarini bajarish uchun
qo‘shimcha ravishda tegishli mutaxassislar jalb etiladi.
Pirovardida bu holat
samaradorlikning oshishi hamda mahsulot birligiga bo‘lgan ishlab chiqarish
xarajatlarining pasayishiga olib keladi.
3. Kapitaldan samarali foydalanish.
Ko‘p hollarda kichik firmalar ishlab
chiqarish jihozlaridan texnologik nuqtai nazardan nisbatan samarali foydalanishga
qodir bo‘lmaydilar. Mahsulotlarning ko‘plab turlarini
ishlab chiqarish uchun
mashinalarni faqat juda yirik va qimmat turuvchi komplektlarda sotib olish
mumkin. Buning ustiga, mazkur mashina jihozlaridan samarali foydalanish ishlab
chiqarishning katta hajmlarini taqozo etadi. Demak, yaxshi jihozlarni sotib olish va
samarali foydalanishga faqat yirik ishlab chiqaruvchilargina erishishlari mumkin.
Misol uchun, avtomobilsozlikda ishlab chiqarishning nisbatan samarali usullari
yig‘ish liniyasi uchun robot texnikasi hamda murakkab jihozlarning qo‘llanishini
taqozo etadi. Mazkur jihozlarning
samarali ishlatilishi uchun, ba’zi bir hisob-
kitoblarga ko‘ra, yiliga 200 mingdan to 400 mingga qadar avtomobil ishlab
chiqarish hajmiga erishish lozim bo‘ladi. Faqat yirik
ishlab chiqaruvchilargina
bunday jihozlarni sotib olishlari va samarali foydalanishlari mumkin. Bu holat
mayda
ishlab
chiqaruvchilar
uchun
muammolarni
keltirib
chiqaradi.
Avtomobillarni boshqa jihozlar yordamida ishlab chiqarish samarasiz va mahsulot
birligiga nisbatan ko‘proq xarajatlar qilinishiga olib keladi. Biroq, nisbatan
337
samarali
jihozni sotib olib, undan ishlab chiqarishning kichik hajmi tufayli to‘liq
foydalanmaslik ham samarasiz va qimmatga tushuvchi yo‘l hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: