Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Korxona pul daromadlaridan mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə266/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Korxona pul daromadlaridan mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat 
ko‘rsatish uchun qilingan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin 
qolgan qismi foyda deb yuritiladi.
Ayrim adabiyotlarda bu 
iqtisodiy foyda
deb 
ham yuritiladi. 
Bizning misolimizdagi korxonada «A» mahsuloti 100 mln.so‘m bo‘lib, uni 
ishlab chiqarishning bir oylik xarajatlari 60 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsin. U 
holda, korxonaning bir oylik foydasi 40 mln. so‘m (100 mln. – 60 mln.) ga teng 
bo‘ladi.
Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o‘tadi: 
birinchi bosqichda
foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi mahsulotning 
yaratilish chog‘ida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan mahsulot tarkibidagi 
qo‘shimcha mahsulot foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda 
shaklida namoyon bo‘lmaydi; 


340 
ikkinchi bosqichda
ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan qo‘shimcha 
mahsulot tovarlarni sotilgandan so‘ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning 
farqi ko‘rinishida to‘liq namoyon bo‘ladi. Demak, tovar va xizmatlar sotilganda 
ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo‘shimcha mahsulot esa 
foydaga aylanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, foydaning asosiy va haqiqiy manbai 
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida yaratilgan qo‘shimcha mahsulotdir. 
Odatda ishlab chiqarish sohasidagi yirik korxonalar tovarlarni katta hajmda ishlab 
chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji narxlarda sotadilar. Shunga ko‘ra, ular 
tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori bo‘lgan taqdirda foyda oladilar. 
Demak, 
ishlab chiqaruvchi foydasi (F
ich
) – bu mahsulot tannarxi (T) va ulgurji 
narxi (N
u
) o‘rtasidagi farqdan iborat: 
Т
N
F
u
ich



Bundan ko‘rinadi-ki, mahsulot birligidan olinadigan foyda ikkita asosiy 
omilga bog‘liq bo‘ladi: 1) mahsulot tannarxi darajasi; 2) ulgurji narxlar darajasi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin