342
Yalpi foyda miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi yana bir muhim omil – korxona o‘z
mahsulotlarini sotishi mumkin bo‘lgan narx darajasidir. Uni to‘g‘ri tushunish
uchun biz mahsulot narxi, qiymati va tannarxi o‘rtasidagi nisbatning beshta asosiy
holatini ajratib ko‘rsatish mumkin (11.7-rasm).
N
5
N
4
Qiymat N
3
N
2
N
1
11.7-rasm. Tovar qiymati va narxining nisbati
Rasmdan ko‘rinadiki, birinchi holatda narx mahsulotlar tannarxidan past
darajada o‘rnatilib (N
1
daraja), buning natijasida ular zarariga sotilishi mumkin.
Ikkinchi holatda narxning N
2
darajada o‘rnatilishi mahsulotni sotishdan olingan pul
tushumining korxona
xarajatlariga teng kelishi, ya’ni ishlab chiqarishning faqat
o‘zini-o‘zi qoplashi ta’minlanishi mumkin. Uchinchi holatdagi N
3
narx
darajasi
tannarxdan yuqori, biroq qiymatdan past bo‘lib, bunda korxona foydasi tovarda
mujassamlashgan foyda miqdoridan kam bo‘ladi. To‘rtinchi holatdagi N
4
narx
darajasi qiymat miqdoriga teng bo‘lib, korxona tovarda
mujassamlashgan barcha
foydani oladi. Va nihoyat, beshinchi holatdagi N
5
narx darajasini o‘rnatish
korxonaga tovar qiymatidan ko‘proq pul daromadi olish imkonini beradi. Buni
yuqorida keltirilgan misoldagi «A» mahsulot qiymati
va narxi orqali aniqroq
ifodalash mumkin: N
1
= 500 so‘m; N
2
= 600 so‘m; N
3
= 800 so‘m; N
4
= 1000
so‘m; N
5
= 1200 so‘m.
Mana shu o‘rnatilgan yoki shakllangan narx va korxona sarflagan tannarx
o‘rtasidagi farq yalpi foyda sifatida namoyon bo‘ladi va vo‘shimcha mahsulotni
ifodalaydi. Demak, shakllangan yalpi foyda qo‘shimcha
mahsulotning namoyon
bo‘lish shaklidir. Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi bilish ham masalani
to‘g‘ri tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi (11.8-rasm).
Rasmdan ko‘rinadiki, eng avvalo yalpi foydadan boshqa iqtisodiy
subyektlarga turli to‘lovlar amalga oshiriladi. Bu to‘lovlarga boshqalarning yer va
Foyda
Tannarx
343
binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan pul mablag‘lari uchun
to‘lanadigan foizni kiritish mumkin.
Bundan tashqari, korxonalar davlat va
mahalliy hokimiyat organlari budjetiga o‘rnatilgan tartibda soliqlar to‘laydilar,
turli hayriya va boshqa fondlarga mablag‘lar kiritadilar. Yalpi foydaning ushbu
to‘lovlardan qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil etadi.
U korxonaning
ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlariga, shuningdek, jamg‘arish (ishlab
chiqarishni kengaytirish)ga,
atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tayyorlash va
qayta tayyorlash va boshqa maqsadlarga sarflanadi.
Dostları ilə paylaş: