332
М
UХ
SQХ
;
bu yerda: SQX – so‘nggi qo‘shilgan xarajat;
∆UX – umumiy xarajatlarning o‘zgarishi;
∆M – mahsulot miqdorining o‘zgarishi.
Qo‘shilgan xarajatlarni har bir navbatdagi qo‘shilgan mahsulot birligi uchun
aniqlash mumkin.
Tovar yoki xizmatlarning keyingi qo‘shilgan birligini ishlab
chiqarishga to‘g‘ri keladigan xarajatlar o‘rtacha qo‘shilgan xarajatlar
deyiladi.
11.2. Ishlab chiqarish xarajatlarining o‘zgarish tamoyillari va omillari
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda vaqt omili, ya’ni xarajat
qilingandan pirovard natija olinguncha o‘tgan davr sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu
sababli
vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq
muddatli davrda alohida tahlil qilinadi.
Qisqa muddatli davr – bu korxonaning faqat
o‘zgaruvchi xarajatlari
miqdorini o‘zgartirish uchun taqozo etiladigan davrdir.
Misol uchun, korxona
mahsulotiga talab keskin oshdi, deb faraz qilaylik.
Taklifning muayyan hajmida
talabning oshishi narxning ham ko‘tarilishiga va binobarin, korxona foydasining
ko‘payishiga olib keladi. O‘z o‘rnida, ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali korxona
foyda massasini yanada oshirish imkoniga ega. Buning
uchun u eng avvalo qisqa
muddatli davrdagi ishlab chiqarish xarajatlarini amalga oshiradi. Bunday xarajatlar
qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) jonli mehnat xarajatlarini oshirish, ya’ni qo‘shimcha ishchi kuchini yollash va
ulardan foydalanish;
2) xomashyo,
material, elektr energiyasi va boshqa xarajatlar miqdorini
ko‘paytirish;
3) nisbatan arzon va ishlab chiqarishga osonlik bilan joriy etish mumkin bo‘lgan
mehnat vositalari miqdorini ko‘paytirish va h.k.
333
Bundan ko‘rinadiki, korxona ishlab chiqarish hajmini o‘stirish uchun qisqa
davrda faqat o‘zining o‘zgaruvchi xarajatlari miqdorini o‘zgartirishi mumkin bo‘lib,
ular qisqa muddatli xarajatlar hisoblanadi. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab
chiqarish
bino va inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy
bo‘lib qoladi, hamda bu davr faqat ulardan foydalanish darajasini o‘zgartirish
uchun yetarli bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: