327
Tashqi xarajatlar korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni
tashqaridan to‘lov asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlardir.
Bunday xarajatlarga
yollanma ishchilar ish haqi, xomashyo va materiallar uchun
to‘lovlar, kredit uchun foiz to‘lovlari, ijaraga olingan yer uchun renta,
transport
xizmati va boshqa har xil xizmatlar uchun to‘lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar to‘lov
hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb ham
ataladi.
Korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan resurslardan foydalanishi bilan
bog‘liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi.
Bunday xarajatlar pul to‘lovlari
shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki xarajatlar darajasini baholash o‘z resurslari
qiymatini shunga o‘xshash resurslarning bozordagi narxlariga taqqoslash orqali
amalga oshiriladi.
Tashqi va ichki xarajatlarning mohiyatini ochib berish,
ularning bir-biridan
farqini tushuntirishda bugungi kunda xo‘jalik amaliyotimizda faoliyat yuritayotgan
ko‘plab yakka tartibdagi tadbirkorlarni yaqqol misol tariqasida keltirish mumkin.
Aytaylik, biron-bir tadbirkor o‘ziga qarashli bo‘lgan xonadonda kichik ishlab
chiqarish sexi tashkil qildi. Bu yerda uning tashqi xarajatlari aniq: ishlab chiqarish
uchun zarur bo‘lgan xomashyo uchun to‘lov, elektr energiyasi,
suv va boshqa
kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar, transport xizmatlari uchun to‘lov va
boshqalar. Bu o‘rinda ichki xarajatlar nimadan iborat bo‘ladi, degan savol tug‘ilishi
tabiiy. Misolimizdan ko‘rinadiki, tadbirkor sex binosi sifatida o‘z xonadonidan
foydalanyapti. Shubhasiz, u o‘z xonadonidan foydalanganligi uchun o‘ziga haq
to‘lamaydi, biroq agar u ushbu xonadonni biron-bir
kishiga ijaraga berganida
ma’lum miqdorda (aytaylik, bir oyga 200 ming so‘m) pul daromadi olgan bo‘lar
edi. Uning xonadonidan sex sifatida foydalanish muqobil holatda kelishi mumkin
bo‘lgan ijara to‘lovidan, ya’ni 200 ming so‘mdan mahrum etmoqda. Demak, bu
o‘rinda tadbirkor «ko‘zga ko‘rinmagan» holda 200 ming so‘m sarflamoqda, ya’ni
ichki xarajat qilmoqda. Bu turdagi ichki xarajatlarga yana tadbirkorning o‘zining
328
ish haqini, agar oila a’zolari mehnatidan foydalansa, ularning ish haqini va shunga
o‘xshash boshqa xarajatlarni kiritish mumkin.
Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini ushlab turish uchun zarur bo‘lgan
to‘lov – me’yordagi foyda ham renta va ish haqi bilan birga xarajatlarning tarkibiy
qismi hisoblanadi. Me’yordagi foyda iqtisodiy foydadan farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: