320
5.
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik
faoliyatining quyidagi
shakllari samarali amal qilib kelmoqda: xususiy tadbirkorlik, mas’uliyati
cheklangan va mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar, hissadorlik jamiyatlari.
Hissadorlik jamiyatlarining rivojlanishi milliy iqtisodiyot
uchun muhim ahamiyat
kasb etadi. Hissadorlik jamiyatlarining paydo bo‘lishi qimmatli qog‘ozlar bozorini
rivojlantiradi, iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimini ko‘paytiradi,
aholining keng qatlamini tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga undaydi.
6.
Kapital o‘zining amal qilish jarayonida bir necha shaklda namoyon
bo‘ladigan murakkab hodisadir. Ilk bosqichda kapital buyum, pul,
qiymat
ko‘rinishida bo‘lib, xo‘jalik faoliyatiga yo‘naltiriladi. Shuning uchun kapital
avanslangan qiymat shaklini oladi. Natijada kapital qo‘shimcha mahsulot, daromad
olishni ta’minlaydigan qiymatga aylanadi.
7.
Kapitalning aylanishi shunday harakatki,
unda kapital barcha ishlab
chiqarish bosqichlarini o‘tib, o‘ziga xos bo‘lgan vazifalarni bajarib o‘zining
dastlabki shakliga qaytadi. Kapitalning aylanishi avanslangan qiymat butunlay
qoplangan taqdirda amalga oshgan hisoblanadi. Kapital aylanish tezligi kapitalning
bir yilda aylanish tezligi va aylanish soni bilan o‘lchanadi.
8.
Kapital o‘zining aylanish xususiyatiga qarab asosiy va aylanma kapitalga
bo‘linadi. Asosiy kapital ishlab chiqarish jarayonida to‘liq ishtirok etib, o‘z
qiymatini mahsulot qiymatiga qisman o‘tkazib boradi. Mehnat vositalari o‘rnini
qoplash uchun mo‘ljallangan va amortizatsiya fondida jamg‘ariladigan
asosiy
kapital qiymati amortizatsiya ajratmalari deyiladi. Amortizatsiya ajratmalari
summasining asosiy kapital qiymatiga nisbati amortizatsiya normasi deyiladi va
foizlarda hisoblanadi. Aylanma kapital ishlab chiqarish jarayonida o‘z
qiymatini
to‘laligicha tayyor mahsulot qiymatiga o‘tkazadi.
Dostları ilə paylaş: