317
ketishiga ham olib keladi. Bunday holatda mahsulot qiymati va bahosi oshadi,
jadal amortizatsiya yuki iste’molchilar zimmasiga tushadi.
Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligining oshishi, eng avvalo,
qo‘shimcha kapital mablag‘ sarfalanmasdan turib mahsulot hajmini ko‘paytirishda
o‘z ifodasini topadi. Bir tomondan, milliy mahsulot yoki milliy daromadning
o‘sish sur’atlari bilan, ikkinchi tomondan, asosiy kapitalning o‘sish suratlari
o‘rtasidagi nisbat milliy iqtisodiyot miqyosida asosiy kapitaldan foydalanish
samaradorligining umumlashuvchi ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Asosiy
kapitaldan foydalanish samaradorligi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi bilan
asosiy kapital qiymati o‘rtasidagi aloqani aks ettirib, u o‘zaro bog‘liq ikki
ko‘rsatkich – kapitaldan olinadigan samara (K
s
) va mahsulotning kapital sig‘imi
(K
sig
) ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: