506
Korxonalarni texnik va texnolgik yangilash, modernizatsiya qilish va yangi
ishlab chiqarish obyektlarini qurish, shu orqali yangi ish o‘rinlarini shakllantirish,
mamlakat iqtisodiyotining barqaror va dinamik rivojlanishini ta’minlash uchun
yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning
harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947 Farmoni qabul qilingan bo‘lib, ushbu
dasturda belgilangan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida
davlat budjeti va budjetdan tashqari fondlarning ahamiyati katta bo‘lmoqda.
Hukumatimiz tomonidan qulay investitsiya siyosatini olib borish maqsadida
quyidagi tamoyillarga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda: tashqi iqtisodiy faoliyatni
yanada erkinlashtirish; respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapital
qo‘yilmalarning keng jalb qilinishini ta’minlovchi huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va
boshqa sharoitlarni yanada takomillashtirish; yurtimizga jahon darajasidagi
texnologiyalarni olib kiruvchi, milliy xo‘jalikning zamonaviy tuzilmasini tashkil
etishga ko‘maklashuvchi chet el investorlariga nisbatan qulay sharoitlar yaratish
siyosatini izchil olib borish; eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga mablag‘larni
yo‘naltirish
1
. Bundan ko‘rinadiki, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta
jihozlash, zamon talablariga mos bo‘lgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va
ayniqsa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining keyingi to‘lqinlari zarbasiga
ijtimoiy-iqtisodiy talofatlarsiz bardosh berish, ularning salbiy oqibatlarini bartaraf
etish bilan bog‘liq masalalarni hal etishda kompleks yondashuvlarga urg‘u
berilmoqda.
Dostları ilə paylaş: