512
uchun zarur bo‘ladi. Bunday boyliklarga ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat,
san’at, sport sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy boyliklar kiradi. Uning
tarkibida tarixiy yodgorliklar, arxitektura obidalari, noyob ilmiy adabiyot va san’at
asarlari alohida o‘rin tutadi.
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar
tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy
va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iborat bo‘lib, u bir tomondan
to‘plangan nafliliklar yig‘indisi, ikkinchi tomondan esa to‘plangan qiymatlar
yig‘indisidir.
Milliy boylikning birinchi manbasi tabiat va ikkinchi manbasi insonlar mehnati
hisoblanadi.
Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik
tarkibiy qismlarga ajratish
mumkin:
1. Moddiy-buyumlashgan boylik.
2. Nomoddiy boylik.
3. Tabiiy boylik.
Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishning, unumli
mehnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida
yaratilgan mahsulotlarning joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg‘arish
oqibatida vujudga keladi va o‘sib boradi. Ammo moddiy-buyumlashgan boylikni
qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig‘indisi sifatida tasavvur qilish noto‘g‘ri
bo‘lar edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili qaytadan yangilanib turadi
(ishlab
chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish
vositalarining o‘rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi ichki mahsulotning faqat bir
qismi moddiy-buyumlashgan boylik sifatida jamg‘arilib boriladi. Demak, qoplash
fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o‘sishi yalpi ichki mahsulot hisobiga
amalga oshiriladi.
Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan
moddiy qismi qiymat
shakliga ega bo‘lib, tarkibiy tuzilishi bo‘yicha qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi:
- ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);
513
- noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);
- aylanma kapital (fondlar);
- tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi;
- moddiy zahiralar va ehtiyojlar;
- aholining uy xo‘jaligida jamg‘arilgan mol-mulk.
Moddiy-buyumlashgan
boylik o‘sishining asosiy omillari sifatida
quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
-
mehnat unumdorligining o‘sishi;
-
ishlab chiqarish samaradorligining ortishi;
-
milliy daromadda jamg‘arish normasining ortishi.
Moddiy-buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart-sharoiti
hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki, bir tomondan mahsulotdan milliy boylik tomon
harakatda boylikning iste’mol qilingan qismining qoplanishi va uning ko‘payishi
ro‘y beradi. Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shart-
sharoiti, uning moddiy-texnikaviy asosi hisoblanadi.
Bunda ishlab chiqarishning
o‘sish sur’ati va miqyosi milliy boylikdan foydalanish xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Milliy boylik tarkibiga har bir mamlakatda uzoq tarixiy davrlarda yaratilgan
binolar, inshoatlar, noyob buyumlar, san’at asarlari va boshqa ko‘pgina
boylik
turlari ham kiradi.
Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning omili
bo‘lib ishtirok etadi, uning shart-sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini
tashkil qiladi. Tabiiy boylikning asosi tabiat mahsuli bo‘lib, uning vujudga kelishi
tabiat qonunlari asosida ro‘y bersada, ulardan foydalanish
jamiyat rivojiga ham
bog‘liq bo‘ladi. Foydali qazilma boyliklar, o‘rmonlar, suv va yer resurslari tabiatan
mavjud bo‘lsada, ishlab chiqarishda faol qatnashadi.
Tabiat boyliklarining asosi tabiat mahsuli bo‘lib, bular: toza havo, quyosh va
shamol va boshqa tabiat kuchlari, ularning energiyasi, foydali qazilma boyliklar,
o‘rmonlar,
okean boyliklari, suv va yer resurslari hisoblanadi hamda boylikni
yanada ko‘paytirish va ishlab chiqarishda muxim ahamiyatga egaligi bilan ajralib
turadi. Tabiat boyliklari yer yuzi bo‘yicha bir tekisda joylashmagan va barcha
514
davlatlar hududlarida bir xil miqdorda taqsimlanmagan,
shundan xulosa qilish
mumkinki dunyo mamlakatlari va mintaqalar tabiat boyliklari bo‘lmish tabiiy
resurslar bilan turli darajada ta’minlangan.
Tabiat resurslari takror hosil qilinadigan va takror hosil qilinmaydiganlarga
bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: