516
a) iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari va modernizatsiyalash, tarkibiy o‘zgarish
jarayonlari tez sur’atlar bilan bormoqda;
b) barpo etilayotgan yangi tarmoqlar va yangi
korxonalar fan-texnika
taraqqiyotining eng so‘ngi yangiliklari va eng yangi texnologiyalar asosida tashkil
etilishi;
v) amalga oshirilayotgan modelning xalqchilligi, ya’ni unda xalqimizning
orzu-umidlari, ezgu niyatlari mujassamlangan bo‘lib, uni hamma aholimiz qo‘lab-
quvvatlab, amalga oshirish jarayonida faol ishtirok etayotganligidir.
3.
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko‘p omilli
va ziddiyatli jarayon
hisoblanib, u asosan iqtisodiy o‘sishda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sish bevosita
yalpi ichki mahsulot mutlaq hajmi va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan
miqdorining o‘sishi hamda sifatining yaxshilanishida, tarkibining takomillashuvida
ifodalanadi.
4.
Iqtisodiy o‘sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan
qo‘llaniluvchi «70 miqdori qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin. Bu
qoidaga ko‘ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YaIM hajmini 2
baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70
sonini yillik
o‘sish sur’atiga bo‘lish kerak bo‘ladi.
5.
Iqtisodiy o‘sishning ekstensiv va intensiv turlari mavjud. Ishlab
chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish
omillari miqdorining ko‘payishi orqali o‘sish ekstensiv iqtisodiy o‘sish deyiladi.
Ishlab chiqarish omillarini sifat
jihatidan takomillashtirish, yanada ilg‘or ishlab
chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish,
shuningdek, mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li
bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish intensiv iqtisodiy o‘sish deyiladi.
6.
Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga
ajratish mumkin: taklif omillari va taqsimlash omillari.
Taklif omillariga tabiiy
resurslarning miqdori va sifati; mehnat resurslari miqdori va sifati;
asosiy kapital
(asosiy fondlar) ning hajmi; texnologiya va fan-texnika taraqqiyotini kiritish
mumkin. Resurslarning o‘sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli
517
mahsulotning mutlaq miqdorini oladigan qilib taqsimlashga
xizmat qiluvchi
omillar taqsimlash omillari deyiladi.
7.
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‘sish omillarini o‘rganish hamda uning
kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli
iqtisodiy o‘sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o‘z mazmuniga
ko‘ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy
muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha)
nazariyasi hamda ishlab
chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi.
8.
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan
yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual
hamda tabiiy boyliklardan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: