Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə391/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

18.1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi 
 
Har qanday mamlakat iqtisodiy o‘sish, iqtisodiy resurslarning to‘la bandligi 
va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi.Ammo uzoq muddatli 
iqtisodiy o‘sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari 
ta’sirida tebranib turadi. Iqtisodiy o‘sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-
vaqti bilan obyektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta’siri ostida takror 
ishlab chiqarish harakatida ayrim vaqtlarda, ayrim bo‘g‘inlarda uzilishlar paydo 
bo‘ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon 
bo‘lishi hisoblanadi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda 
iqtisodiyotning siklli 
rivojlanishi 
deb ataladi.
Ko‘plab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib berishga 
harakat qilib, talabning ko‘payishi va kamayishi, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi 
yoki qisqarishi kabi hodisalarning davriy tavsifiga e’tibor qaratdilar. Bu 
hodisalarning ro‘y berish ketma-ketligidagi ma’lum izchillik ham aniqlandi. Siklli 
rivojlanishning obyektivligi va realligi, uning iqtisodiy jarayonlar tavsifiga ta’siri 


520 
nuqtai nazaridan ahamiyatliligi to‘g‘risida bir qator taniqli iqtisodchilar, jumladan, 
A.Shpitgof, M.Tugan-Baranovskiy, T.Veblen, U.Mitchell, J.M.Klark, J.Xiks, 
J.M.Keyns, Y.Shumpeter va boshqalarning ilmiy asarlarida bayon etilgan.
Ta’kidlash lozimki, turli darslik va o‘quv qo‘llanmalarda mazkur muammoni 
yoritishga ham turlicha darajada yondashilgan. Jumladan, akademiklar 
V.I.Vidyapin, A.I.Dobrinin, G.P.Juravleva vaL.S.Tarasevich umumiy tahriri ostida 
tayyorlangan darslikda bu muammoga alohida mavzu orqali keng to‘xtalib 
o‘tilgan
1
. Unda iqtisodiy sikllar nazariyasi iqtisodiy o‘sish nazariyasi bilan bir 
qatorda iqtisodiy dinamika nazariyalari tarkibiga kirishi, iqtisodiy sikl tabiatining 
o‘zi esa munozarali va kam o‘rganilgan muammolardan biri ekanligi ta’kidlangan. 
Shuningdek, ijtimoiy hayotda siklli rivojlanishni tan oluvchi hamda inkor etuvchi 
ikki yo‘nalishdagi tadqiqotchilar mavjudligi ko‘rsatilgan. Siklning mohiyatini 
ochib berishda dastlab unga jismlar o‘zaro ta’sir jarayonining natijasi sifatida 
qaralib, falsafiy qoidalar nuqtai nazaridan izohlashga harakat qilingan. Sikl 
fazalarini ajratib ko‘rsatishda markscha sanoat sikli nazariyasiga keng to‘xtab 
o‘tilgan. Shundan so‘ng sikllarning asosiy turlari, bugungi kunga qadar mavjud 
bo‘lgan sikllar to‘g‘risidagi nazariyalar bayon etilgan.
Ba’zi bir darsliklarda esa iqtisodiyotning siklli rivojlanishi muammolariga 
nisbatan qisqa, umumiy tarzda to‘xtab o‘tilgan
2
. Ushbu xususiyatlarni hisobga 
olgan holda iqtisodiy siklning mohiyati va uning fazalari bayoniga to‘xtalib 
o‘tamiz.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin