522
Iqtisodiyotning bandlik darajasining ortishi va foydahajmining tezlik bilan o‘sishi
jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o‘sibo‘tishiga imkoniyat yaratadi. Yangi
sikl yuksalishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi.
Yuksalish fazasida
ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kengayishi ishsizlikning
birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o‘sishiga olib keladiki,
buning
oqibatida iste’mol tovarlariga to‘lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning
oshishi, o‘z
navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga,
bozorni
kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida
nomutanosibliklarning to‘planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu
bilan yangi inqiroz muqarrar bo‘lib qoladi.
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo‘yicha
keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo‘ladi.
18.2. Iqtisodiy sikl nazariyalari. Sikllarning asosiy turlari
Iqtisodiy sikllarning kelib chiqish sabablari va ularga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarning chuqur va izchil ravishda tadqiq etilishi turli ko‘rinishdagi iqtisodiy
sikl nazariyalarining vujudga kelishiga olib keldi.
Ko‘pchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning obyektiv tavsifini
tan olib, bu hodisani unga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish
orqali o‘rganishni tavsiya qiladi.
Dostları ilə paylaş: