Nomonetar nazariya
tarafdorlari esa texnologik o‘zgarishlar, yangiliklar,
ixtirolarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, pul jamg‘arishning ko‘payib
ketishidagi rolini ko‘rsatishadi. Monetar va nomonetar yo‘nalish o‘rtasidagi farq
uncha katta emas, biri ikkinchisini to‘ldiradi.Har ikkala nazariya ham oxir-oqibat
iqtisodiy faollikning kuchayishiga iste’mol emas, balki investitsiya sabab bo‘ladi,
degan fikrni ilgari suradi.
Iqtisodiy sikllarni iste’mol tovarlariga talabning o‘zgarishiga bog‘lab,
akseleratsiya prinsipiga e’tibor qaratiladi. Bu prinsip mohiyatiga ko‘ra texnik
sabablar tufayli iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabning ozgina o‘zgarishi ishlab
chiqarish uchun zarur tovarlarga talabning keskin o‘zgarishiga olib keladi.
525
Yetarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi.
Bu nazariyaning mohiyati ko‘proq
jamg‘arib, samarali darajada iste’mol qilmaslik jamiyatni siklli rivojlanishining
sababi qilib ko‘rsatiladi:
1) mablag‘ni jamg‘arish, boshqacha aytganda xazinaga aylantirish
turg‘unlikka olib kelishi mumkin, chunki bu mablag‘ investitsiyalash uchun
foydalanilmaydi;
2) pulni jamg‘arish iste’mol tovarlariga talabning qisqarishiga olib keladi,
chunki u iste’molga sarflanmaydi.
3) natijada investitsiyaga nisbatan pul shaklidagi jamg‘arish hajmi o‘sib borib,
iste’mol tovarlariga talab kamayib boradi, taklif esa ortadi, narx pasayadi, iste’mol
tovarlari bozoridagi qiyinchiliklar inqirozga olib keladi.
Jamg‘arish nazariyasi.
Bu nazariyaga ko‘ra iqtisodiy sikl ishlab chiqarish
vositalari yoki kapitallashgan investitsion tovarlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq.
Kundalik iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bilan uzoq muddat foydalaniladigan
tovarlar va ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish sikllari o‘rtasida katta farq
bor.
Kundalik iste’mol mollari doimiy ravishda iste’mol qilinadi. Ularning
iste’mol miqdori o‘zgargan taqdirda ham uncha katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi.
Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni doimiy ravishda xarid qilinmaydi.
Balki ular iste’molchi daromadi ko‘paygan paytdagina sotib olinadi. Uzoq muddat
foydalaniladigan tovarlarga talab barqaror emas. Ishlab chiqarishni davom ettirish
uchun kapital tovarlar ishlab chiqarish zarur.
Iste’mol o‘sgan sari kapital tovarlarga talab ham ortadi. Bunda ishlab
chiqarish tarkibida nomutanosibliklar yuz beradi, ya’ni iste’mol tovarlari, uzoq
muddat foydalaniladigan va kapital tovarlar o‘rtasida nisbatlar buziladi.
Inqirozning sababi pul etishmasligi, bank rezervlarining kamligi emas, balki
ana shu nisbatlarning buzilishidir. Lekin ko‘pchilik iqtisodchilar yetarli darajada
iste’mol qilmaslik inqirozning sababi emas, balki uning oqibatidir, deb
ta’kidlaydilar. Ya’ni iste’molchilar daromadlarini ko‘proq jamg‘arishga
526
ajratganlari uchun emas, balki to‘lov qobiliyatining yetarli emasligi, ya’ni xarid
qilish uchun pulning yo‘qligidan kelib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: |