527
sotish narxlarini tahlil qilish asosida 2 yildan 4 yilgacha
davr davomidagi qisqa
to‘lqinlarni tadqiqqilishga qaratadi. Ayniqsa, u siklning davomiyligini jahondagi
oltin zaxiralarining tebranishlari bilan bog‘lab, uni 3 yilu 4
oyga teng, deb
hisoblaydi. Biroq qisqa muddatli sikllar sabablarining bunday izohi bugungi kunda
ko‘pchilik iqtisodchilarni qoniqtirmaydi.
Juglar sikli
«biznes-sikl», «sanoat sikli», «o‘rtacha sikl» va «katta sikl» kabi
nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7-12 yillik sikllarni
ajratib ko‘rsatganligi tufayli,
aynan shu sikl Fransiya, Angliya va AQShda foiz
stavkalari va narxdagi tebranishlarni asosiy tahlil qilish
asosida sanoat siklining
tabiatini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan Klement Juglar (1819-1905 yy.) nomi
bilan ataladi.
Birinchi sanoat sikli 1825 yili Angliyada metallurgiya va boshqa yetakchi
tarmoqlarda mashinali ishlab chiqarish hukmron
mavqeni egallagan davrda
kuzatiladi. 1836 yildagi inqiroz dastlab Angliyada boshlanib, keyin AQShga ham
tarqaladi, 1847-1848 yillarda AQSh va qator Yevropa
davlatlarida boshlangan
inqiroz tub mohiyatiga ko‘ra birinchi jahon sanoat inqirozi bo‘lgan.
Agar XIX asrda sanoat sikli 10-12 yilni tashkil qilgan bo‘lsa, XX asrda uning
davomiyligi 7-9 yil va undan ham kam davrgacha qisqargan.
AQSh va Yevropaning rivojlangan davlatlari XX asrda 12 ta sanoat siklini
boshdan kechirgan bo‘lib, ulardan ettitasi ikkinchi jahon urushidan keyin ro‘y
bergan.
Dostları ilə paylaş: