531
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda
ishlab chiqarilgan tovarlar
massasi to‘lovga qobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki kam bo‘ladi)
qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to‘xtab qoladi, tovarlar ishlab
chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o‘sish davri uning tushkunligi bilan
almashinadi. Iqtisodiyotning o‘sishi
inflyatsiya, ya’ni narx darajasining asossiz
ravishda keskin ko‘tarilishi sababli orqaga ketadi. Shunday davrlar ham bo‘ladiki,
bunda iqtisodiy o‘sish bandlik va ishlab chiqarishning past darajasiga o‘rin beradi,
ayrim hollarda narx darajasining ko‘tarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin
o‘sadi. Qisqacha aytganda, iqtisodiy o‘sishning uzoq
muddatli tamoyillari ham
ishsizlik, ham inflyatsiya oqibatida uzilib qoladi va murakkablashadi.
Inqirozlarning asosiy sababi – takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va
nomutanosiblik-lardir. Bu avvalo, ishlab chiqarish va uning natijalarini
o‘zlashtirish o‘rtasidagi nomutanosiblik bo‘lib, u turli ishlab chiqarish usullari va
iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakllarda namoyon bo‘ladi.
Ishlab chiqarish bilan iste’mol, talab va taklif o‘rtasidagi
vaqti-vaqti bilan
yuzaga kelib turadigan nomutanosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga
chiqish imkoniyatini kengaytiradi.
Rivojlangan tovar xo‘jaligi paydo bo‘lgunga qadar ishlab chiqarishning
keskin qisqarishi odatda tabiiy ofatlar (qurg‘oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki
urushlar va ular keltiradigan vayronagarchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan. Yirik
mashinali ishlab chiqarishga o‘tilgan davrdan
keyingi vaqti-vaqti bilan
iqtisodiyotni larzaga solib turuvchi iqtisodiy inqirozlar ijtimoiy takror ishlab
chiqarishga siklik tavsifni kasb etadi. Inqirozlar turli-tuman tarzda ro‘y bersada,
ularning umumiy, o‘xshash tomonlarini nazarda tutib, guruhlarga ajratish mumkin.
Xo‘jalik tizimida
Dostları ilə paylaş: