Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə408/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   404   405   406   407   408   409   410   411   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
Asosiy tayanch tushunchalar 
Iqtisodiy inqiroz
– asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning keskin tushib 
ketishi. 
Iqtisodiy sikl
– ishlab chiqarishning bir iqtisodiy inqirozdan ikkinchisi 
boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to‘lqinsimon harakati. 
Turg‘unlik (depressiya)
– ishlab chiqarishning bir joyda depsinib turishini 
anglatuvchi hamda iqtisodiy faollik jonlanishi uchun shart-sharoitlarning vujudga 
kelishiga imkon yaratiluvchi iqtisodiy sikl fazasi. 
Jonlanish
– iqtisodiy siklning ishlab chiqarishning barqaror kengayib 
borishiga o‘tishini tavsiflovchi fazasi. 


546 
Yuksalish
– iqtisodiy siklning iqtisodiyotda to‘liq bandlikka erishilishi, ishlab 
chiqarishning inqirozdan oldingi darajadan ham ortib ketishi va to‘lovga layoqatli 
talabning kengayib borishini tavsiflovchi fazasi. 
Tarkibiy inqirozlar
– iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sohalari 
rivojlanishi o‘rtasidagi chuqur nomutanosibliklarni ifodalovchi iqtisodiy holat. 
Agrar inqirozlar
– qishloq xo‘jaligida ro‘y beradigan iqtisodiy inqirozlar 
bo‘lib, siklli tavsifga ega bo‘lmaydi va sanoat sikllariga qaraganda ancha uzoq 
davr davom etadi. 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
 
1. 
Makroiqtisodiy barqarorlik nima? Unga erishishningqanday yo‘llari 
mavjud? 
2. 
Iqtisodiy sikl bo‘yicha qanday nazariyalar mavjud? Eksternal va internal 
nazariyalarning farqi nimada? 
3. 
Iqtisodiy siklning ta’rifini bering va uning har bir fazasining o‘ziga xos 
belgilarini ko‘rsating. 
4. 
Iqtisodiy sikllarning asosiy turlariga tavsif bering va muhim belgilarini 
ko‘rsating. 
5. 
Iqtisodiy siklning oqibatlarini baholang. 
6. 
Iqtisodiy inqirozlar mazmun-mohiyati nimada ifodalanadi? 
7. 
Iqtisodiy inqirozlarning kelib chiqish sabablarini tushuntiring? 
8. 
Inqirozlarning umumiy jihatlariga ko‘ra qanday guruhlarga ajratish 
mumkin? 
9. 
Tarkibiy inqirozlarni tushuntiring. Siklli tebranishlar vujudga kelishining 
sabablarini ko‘rsating. 
10. Agrar inqirozlarning xususiyatlarini bayon qiling. 
11. 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi vujudga 
kelishining asosiy sabablarini tushuntirib bering. 


547 
12. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mazmuni va ko‘lamlari to‘g‘risida 
jahonning yetakchi ekspert va tahlil markazlari tomonidan qanday xulosalar 
chiqarildi? 
13. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining rivojlangan mamlakatlarga ta’sir 
yo‘nalishlari va darajasini tavsiflang. 
14. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri 
nimalarda namoyon bo‘ldi? Uning ta’sir oqibatlarini yumshatuvchi omillarni 
izohlab bering.


548 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   404   405   406   407   408   409   410   411   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin