18.3-jadval
Rivojlangan mamlakatlarda ishsizlik darajasi
1
Davlatlar
2007
2009
2011
2013
2015
2017
2018
2019
AQSh
4,6
10,0
8,5
7,4
5,3
4,9
3,7
3,6
Yaponiya
3,8
5,4
4,5
4,0
3,5
2,9
2,4
2,4
Buyuk Britaniya
5,3
7,6
8,4
7,5
5,4
4,7
4,1
3,9
Germaniya
8,3
8,0
7,1
5,3
4,6
3,8
3,4
3,2
AQSh Federal zaxira tizimi tomonidan olib borilgan noratsional pul-kredit
siyosati hamda qayta moliyalashtirish stavkasining surunkali ravishda past
darajada ushlab turilishi natijasida banklar tomonidan kredit berish ko‘lami keskin
o‘sdi. Federal zaxira tizimining ekspansion pul-kredit siyosati tijorat banklariga
taqdim etadigan kreditlari bo‘yicha foiz stavkalarini 1,25% gacha pasaytirilishida
namoyon bo‘lgan edi.
Federal zaxira tizimining ipoteka bozorlariga e’tiborsizligi, ipoteka kreditlari
berish talablarining haddan ziyod erkinlashtirilishi natijasida bozorda ko‘chmas
mulklarga talab ortdi va uy-joy bozorida narxlarning qisqa muddat ichida keskin
o‘sishi kuzatildi.
1
https://data.worldbank.org/indicator/SL.UEM.TOTL.ZS?view=chart
539
Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish tizimining nomuvofiqligi natijasida
banklar tomonidan kreditlash tizimi talablari o‘ta engillashib, bu holat kreditlardan
foydalanishda to‘lovga layoqatlik darajasining hisobga olinmasligiga imkon
yaratdi.
2016 yil noyabr oyida Xitoyda, jahon yalpi mahsulotining 80 foizini ishlab
chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokida bo‘lib o‘tgan sammit global moliyaviy
inqirozning ko‘lami tobora kengayib borayotganini tasdiqlagani, ushbu sammitda
bo‘lib o‘tgan muhokamalar bugun jahon moliyaviy inqirozining oldini olish haqida
emas, balki undan qanday qilib chiqish yo‘llari izlanayotganligidan darak berishini
ta’kidlab o‘tdilar.
Jahon moliyaviy inqirozi aksariyat rivojlangan mamlakatlar moliya tizimini
tubdan isloh qilish zarurligini keltirib chiqardi. Shunga ko‘ra, AQSh va Yevropa
Ittifoqi mamlakatlari o‘zlarining bank tizimlarini inqirozdan qutqarish uchun yirik
tijorat banklarining aksiyalarini sotib olib, ularni budjet mablag‘lari hisobiga
likvidli aktivlar bilan ta’minlay boshladi.
AQSh hukumati iqtisodiyotga yirik masshtabdagi davlat aralashuvi siyosatini
yurita boshladi. AQShning sobiq moliya vazirining tashabbusi bilan Kongress
«Polson rejasi» deb nomlanuvchi rejani qabul qildi. Mazkur rejaning umumiy
hajmi 700 mlrd. dollarni tashkil qiladi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari inqirozdan chiqish bo‘yicha tijorat banklari
kreditlari uchun davlat kafolatlari tizimidan foydalanishga kelishib olishdi. Bu
holatda kafolatlar banklararo kreditlar bo‘yicha 5 yil muddatga taqdim etiladi va
hukumat banklarning imtiyozli aksiyalarini sotib olish orqali ularni qo‘llab-
quvvatlash imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Masalan, AQShda Federal zaxira tizimi
qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, xususiy sektorni to‘g‘ridan-to‘g‘ri
moliyalashtirish amaliyotiga o‘tish orqali likvidlilikni taminlashning yangi usuliga
o‘tdi.
Buyuk Britaniya hukumati banklar va moliyaviy muassasalar aksiyalariga 37
mlrd. funt sterling mablag‘larini investitsiya qilishini e’lon qildi. Germaniya
hukumati esa, bank tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun kapital va kreditlar bo‘yicha
540
kafolatlar shaklida 500 mlrd. evro ajratishini e’lon qildi. Avstraliya hukumati esa
barcha omonatchilar pul jamg‘armalarini 3 yilga kafolatlashini e’lon qildi va
ipoteka qimmatli qog‘ozlarini sotib olish uchun 2,6 mlrd. dollar mablag‘ ajratdi
(18.4-jadval).
Dostları ilə paylaş: |