533
katta zaxiralarining to‘planishi; 2) narxlarning pasayishi,
daromadlar va
foydalarning kamayishi; 3) o‘z xarajatlarini qoplay olmasdan, fermerlarning
ommaviy ravishda xonavayron bo‘lishi, ular qarzlarining ortishi; 4) qishloq aholisi
o‘rtasida ishsizlarning ko‘payishi.
Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarish o‘ziga
xos xususiyatlarga ega
bo‘lganligi sababli, agrar inqirozlar ham o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Agrar
inqirozlar sanoat sikllariga qaraganda odatda ancha uzoq vaqt cho‘zilib boradi.
Birinchi agrar inqiroz XIX asrning 70-yillarida boshlanib, har xil shakllarda 90-
yillar o‘rtasigacha davom etgan edi.Birinchi jahon urushidan keyin, aholining xarid
qobiliyati
juda pasayib ketgan sharoitda, 1920 yil bahorida keskin agrar inqiroz
boshlanib ketdi va ikkinchi jahon urushining boshlanishga qadar davom etdi.
Uchinchi agrar inqiroz 1948 yildan boshlanib, 80-yillargacha davom etdi.Agrar
inqirozlarning cho‘zilib ketishining asosiy sabablari quyidagilar: a) yerga xususiy
mulk
monopoliyasi sharoitida, u qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining
rivojlanishida sanoatga nisbatan orqada qolishni taqozo etadi; b)
yer rentasining
mavjud bo‘lishi va uning uzluksiz sur’atda o‘sib borishi. Yer rentasining, avvalo
absolyut rentaning ko‘payishi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qimmatlashtirib
yuboradi, buning natijasida
uni sotish qiyinlashadi; v) ko‘plab mayda dehqon
xo‘jaliklarining mavjud bo‘lishi. Mayda ishlab chiqaruvchilar xo‘jalikni asosan
o‘zi va oilasi uchun zarur tirikchilik vositalarini topish maqsadida yuritadi. Inqiroz
sharoitida ham ular ishlab chiqarishni qisqartira olmaydilar. Tirikchiliklarini
o‘tkazish va ijara haqini to‘lash uchun ishlab chiqarishni ilgarigi miqiyoslarda olib
boraveradilar. Bu hol qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
nisbiy ortiqcha ishlab
chiqarishni yana ham ko‘paytirib yuboradi.
Agrar inqirozlar siklli tavsifga ega bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
ortiqcha ishlab chiqarish absolyut tavsifga emas, balki nisbiy tavsifga ega. Chunki
inqiroz ro‘y bergan mamlakatlarda million-million kishilar doimiy suratda
ochlikda yashaydi.
Tashqi omillar ta’sirida yuz beradigan
Dostları ilə paylaş: