538
Hozirda ko‘plab mutaxassis va ekspertlar tomonidan jahon moliyaviy
inqirozining global tus olishi va iqtisodiy inqiroz jarayonlarining kuchayishi
iqtisodiy pasayishni, investitsiyaviy faollik ko‘lami cheklanib borishini, talab va
xalqaro savdo hajmining kamayishi hamda jahonning ko‘plab mamlakatlariga
ta’sir ko‘rsatadigan jiddiy ijtimoiy talofotlar sodir bo‘lishi mumkinligi e’tirof
etilmoqda. Xususan, jahon yalpi ichki mahsulotining pasayishi, bevosita xorijiy
investitsiyalar ko‘lamining yanada pasayishining kuzatilishi hamda xalqaro savdo
hajmi qariyb 15% ga pasayishi ehtimol qilinmoqda. Bu holat esa ishsizlik
darajasining ortishi bilan bog‘liq jiddiy ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishi
mumkin (18.3-jadval).
Dostları ilə paylaş: