19.3-rasm. Iqtisodiy muvozanatlik amal qilishining asosiy tamoyillari 1 Iqtisodiy adabiyotlarda bildirilgan fikr-mulohazalarga asoslangan holda
iqtisodiy muvozanatlik namoyon bo‘lishining quyidagi shakllarini keltirish
mumkin (19.4-rasm).
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy muvozanatlik real hayotda shart-
sharoitga qarab turli shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin ekan. Bundan tashqari,
iqtisodiyotning ko‘plab qismlari va sohalari o‘rtasidagi muvozanatlik balanslar
ko‘rinishida ham namoyon bo‘ladi. Ayni chog‘da, iqtisodiyotning turli
darajalardagi muvozanatligini ta’minlashda balans usulidan keng foydalaniladi.
Balans usuli – muayyan maqsadlarga erishishda mavjud resurslar va ulardan
foydalanish miqdorlari o‘rtasidagi tenglikni ta’minlash asosida muvozanatlikni
o‘rnatishga qaratilgan usullar majmui. Bunda balanslar tizimidan foydalanilib, u
o‘z ichiga moddiy (natural), qiymat (pul) va ishchi kuchi balanslarini oladi. Balans
1
Muallif tomonidan tuzilgan.
Iqtisodiy muvozanatlik amal qilishining asosiy tamoyillari Ma'lum darajada nisbiy ahamiyat kasb
etishi
Turli darajalardan yondashish
mumkinligi
Muntazam ravishda o‘zgarib va qayta
tiklanib turishi
Kеng qamrovligi, turli-tuman
jihatlarni namoyon etishi
Iqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy
o‘sishni ta'minlashga yo‘naltirilganligi
Iqtisodiy jarayon, voqеa va
hodisalarda bir-biri bilan o‘zaro
bog‘liq va qarama-qarshi
tomonlarining bir-biriga tеngligi
Iqtisodiy subyеktlar manfaatlarining
ta'minlanishi
554
usulini qullash orqali umumiqtisodiy, hududiy, tarmoqlararo va ishlab chiqarish
ichidagi muvozanatliklarning o‘rnatilishi va miqdoriy jihatdan ifodalanishi
ta’minlanadi.