Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 Iqtisodiy mutanosiblikning mazmuni va turlari



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə414/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

19.2. Iqtisodiy mutanosiblikning mazmuni va turlari 
Iqtisodiyotning inqirozlarsiz, katta siklik tebranishlarsiz bir maromda 
barqaror, samarali va muvozanatli rivojlanishini ta’minlash uning turli tomonlari, 
sohalari va bo‘limlari o‘rtasida muayyan mutanosiblikning mavjud bo‘lishini 
taqozo etadi. Iqtisodiy mutanosiblik kategoriyasini bilish faqatgina ilmiy nazariy 
ahamiyatga ega bo‘libgina qolmay, shu bilan bir qatorda jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy 
faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishda katta amaliy ahamiyat kasb etib, uni 
mensimaslik yoki e’tiborga olmaslik pirovardida jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib 
chiqarishi, iqtisodiy resurslardan, yalpi ichki mahsulotdan foydalanishda katta 
isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilishi mumkin. Tovarlar hajmi bilan amalda harakat 
qilayotgan pul massasi (naqd va kredit pullar) o‘rtasidagi mutanosiblikning 
buzilishi, tovarlar hajmi e’tiborga olinmasdan naqd pul va ko‘plab turli xil to‘lov 
vositalari, qimmatli qog‘ozlarning muomalaga chiqarilishi jahon moliyaviy va 
iqtisodiy inqirozini keltirib chiqargani, bundan esa butun jahon iqtisodiyoti zarar 


556 
ko‘rib kelayotganligi kabi ko‘pgina misollar fikrimiz dalilidir. Iqtisodiy 
mutanosiblik alohida iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u o‘z tabiati, kelib chiqish 
sabablari, ichki rivojlanish qonuniyatlari va namoyon bo‘lish shakllariga egadir. 
Mutanosiblikning bu jihatlarini va samarali iqtisodiy taraqqiyotga ta’sirini bilish 
uchun eng avvalo uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmunini chuqurroq 
o‘rganish taqozo etiladi.
Bir qancha adabiyotlarni o‘rganib, tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, G‘arb 
mamlakatlari mualliflari tomonidan 400-500 yil davomida yozilgan va bizga etib 
kelgan adabiyotlarda asosan muvozanatlik muammosiga e’tibor berilib, 
mutanosiblik masalasi tamomila e’tibordan chetda qolgan. 
Bir qator rossiyalik, ukrainalik olimlar tomonidan iqtisodiy mutanosiblikning 
mazmunini yoritishga harakat qilingan. Lekin ularning asarlarida iqtisodiy 
mutanosiblik faqat sotsializmga xos hodisa deb ko‘rsatilgan va o‘sha sharoitga 
moslab uning mazmuni, shakllari, amal qilishi yoritilgan. Ikkinchidan esa, ushbu 
asarlarda mutanosiblik kategoriyasiga tor doirada yondashilib, uning asosiy 
mazmuni ishchi kuchini ishlab chiqarish tarkibi nisbatlariga mos ravishda 
taqsimlashni yo‘lga qo‘yishdan iborat deb qaralgan. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida MDH mamlakatlarida amalga oshirilgan 
tadqiqotlar va yozilgan adabiyotlarning ko‘pchiligida g‘arb iqtisodchilariga ko‘r-
ko‘rona taqlid qilib, muvozanatlikka ma’lum darajada e’tibor berilmoqda, uning 
mazmuni, amal qilish mexanizmlari qisman bo‘lsada yoritilmoqda, lekin ayrim 
adabiyotlarda mutanosiblik kategoriyasi bozor iqtisodiyoti tizimiga xos munosabat 
emas deb qaralib, unga e’tibor berilmasdan kelinmoqda. 
Bozor iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishi juda murakkab bo‘lib, u har xil 
yo‘nalishda, sohada, tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan bir necha minglab 
xo‘jaliklar va tashkilotlardan iboratdir. Bu xo‘jalik va tashkilotlarning faoliyati har 
xil bo‘lsada, bir xil yagona maqsadga, ya’ni mamlakatimiz aholisiga sifatli tovar 
va xizmatlar yetkazib berib, yuqori foyda olishga qaratilgandir. Cheklangan 
iqtisodiy resurslardan foydalanib bu mushtarak maqsadga erishish yo‘lida harakat 
qiluvchi iqtisodiyotning turli tomonlari va bo‘laklari o‘rtasida miqdor va sifat 


557 
jihatidan ma’lum moslik bo‘lishi borgan sari obyektiv zaruriyatga aylanib 
bormoqda. 
Mutanosiblikning mazmuni juda keng bo‘lib, uning tabiiy, umumfalsafiy va 
umumsotsial tomonlari mavjuddir. Masalan, biron bir narsaning yoki voqelikning 
turli tomonlari o‘rtasidagi moslik falsafada garmoniya, jismlarning eni, bo‘yi va 
balandligi o‘rtasidagi moslik matematikada simmitriya deb yuritiladi. Bu yerda biz 
iqtisodiy mutanosiblik haqida, ya’ni mutanosiblikning iqtisodiy mazmuni haqida 
fikr yuritamiz. 
Iqtisodiyotni mutanosibli yuritishning asosiy negizi turli xil tovar va 
xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni, ya’ni talabni o‘rganishdan boshlanadi. Aholining 
qaysi turdagi tovar va xizmatlarga qanday sifatda va qancha miqdorda talabi 
borligi, bu turli talablarning o‘zaro nisbati aniqlansa, ushbu talablarni qondirish 
uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish tarkibi, xajmi va ularni yaratish uchun qancha 
miqdorda ishchi kuchi va boshqa iqtisodiy resurslar kerakligi va bu resurslar 
o‘rtasidagi nisbatlar aniqlanadi. Shunday qilib, iqtisodiy mutanosiblik bir 
tomondan turli talab miqdorlari va sifatlari aniqlanib, ular o‘rtasidagi ma’lum 
nisbatlar bo‘lishini, bu nisbatlar orqali ular o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik 
mavjudligini, ikkinchi tomondan esa shu tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi 
sohalar, tarmoqlar o‘rtasida, shuningdek ularni yaratishda ishtirok etuvchi turli 
omillar o‘rtasida ham ma’lum nisbatlar bo‘lib, ular bir biri bilan aloqada va o‘zaro 
ta’sirda bo‘lishini ifodalaydi. Masalaning eng muhim tomoni mana shu talab turlari 
o‘rtasidagi nisbatlar bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning turlari va 
ularni yaratishda qatnashuvchi iqtisodiy resurslarning turlari o‘rtasidagi nisbatlar 
ma’lum darajada bir-biriga bog‘liqlikda va muvofiqlikda, ya’ni moslikda bo‘lishi 
zarurdir. Bu jarayon juda murakkab va o‘zgaruvchan jarayondir. Shunga ko‘ra, 
iqtisodiy mutanosiblikning alohida, mustaqil, doimo o‘zgarishda va rivojlanishda 
bo‘ladigan ilmiy kategoriya sifatidagi mazmuni va xususiyatlarini bilish muhimdir.
Bugungi kunda ayrim iqtisodiy adabiyotlarda mutanosiblikning turli 
ko‘rinishlariga e’tibor berilib, ular umumiqtisodiy, tarmoqlararo, tarmoq ichidagi, 
hududiy mutanosibliklar kabi guruhlarga ajratiladi. Ushbu mutanosibliklarning 


558 
turlari, ularning qisqacha mazmuni va aniq namoyon bo‘lish shakllarini quyidagi 
jadval orqali ifodalash mumkin (19.1-jadval). 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin