Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


iqtisodiyot ichki tuzilishidagi o‘zgarishlar –



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə417/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   413   414   415   416   417   418   419   420   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

iqtisodiyot ichki tuzilishidagi o‘zgarishlar – 
respublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlovchi 
tarmoqlarni rivojlantirishga
qaratildi. Bunda birinchi navbatda eng muhim o‘zak 


562 
tarmoqlarni – neft va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgiya sanoatini, 
mashinasozlik majmuasini, qishloq xo‘jalik va agrosanoat majmuasining boshqa 
sohalarini rivojlantirishga ustunlik beriladi. 
Iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan o‘zgartirish asosida 
umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda 
iste’mol bilan jamg‘arish fondi 
o‘rtasidagi eng maqbul mutanosiblikni ta’minlash
asosiy o‘rin tutadi. Iste’mol 
fondining eng maqbul darajasiga erishish – ichki bozorda talab bilan taklif 
o‘rtasida mutanosiblikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli davlat eng 
muhim makroiqtisodiy takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi 
omillarga ko‘proq e’tibor berdi.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida tarkibiy qayta qurishlar faol investitsiya 
siyosatini o‘tkazish orqali amalga oshirildi. Shu sababli respublika investitsiya 
bazasini rivojlantirishga katta e’tibor berilib, bunda o‘z sarmoyalarimiz, tashqi 
kreditlar, bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalaridan o‘rinli 
foydalanish ko‘zda tutildi. Tashqi investitsiyalarni jalb qilishda bevosita 
investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz 
beruvchi mamlakatlar moliyaviy-kredit resurslari shakllarida amalga oshirilishi 
mumkin.
Tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish jarayonida 
mahalliy xomashyo va 
tabiiy imkoniyatlar asosida ishlaydigan, ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni 
joriy etgan holda, nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham raqobatga bardosh 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   413   414   415   416   417   418   419   420   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin