Xulosalar
1. Iqtisodiy muvozanat deb bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlikda va ta’sirda amal
qiladigan iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir-
biriga teng kelgan holatiga aytiladi. Butun iqtisodiyotning muvozanati to‘g‘risida
gap borganda eng avvalo, yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi tenglik e’tiborga
olinadi.
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni. 1-ilova, 3.2-bandi.
564
2. Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanat o‘z ichiga xususiy va umumiy
tavsifdagi bir qator muvozanatlar tizimini oladi. Xususiy muvozanat – bu ikkita
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar yoki iqtisodiyot tomonlarining
miqdoran teng kelishi. Umumiy muvozanat jamiyat barcha ehtiyojlari va milliy
ishlab chiqarish hajmining o‘zaro teng kelishini bildiradi. Umumiy iqtisodiy
muvozanat bozor sharoitida, avvalo, yalpi talab va yalpi taklifning qiymat va
naflilik jihatdan teng kelishida ko‘rinadi.
3. Umumiy iqtisodiy muvozanat ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy
imkoniyatlarning mos kelishi; mamlakatdagi barcha iqtisodiy resurslardan samarali
foydalanadigan xo‘jalik mexanizmi; muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy
tarkibiy tuzilishi iste’molning tarkibiy tuzilishiga mos kelishi; bozor muvozanati,
ya’ni barcha asosiy bozorlar (tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va hokazolar)da talab
va taklif muvozanati kabi qator shart-sharoitlarni taqozo etadi.
4. Iqtisodiy muvozanatlik doimo bir xil holatda turmaydi, u o‘zgaruvchan
bo‘lib, goh muvozanatda, goh nomuvozanat holatida bo‘lishi mumkin. U o‘zgarib
tursada doimo muvozanatlikka intiladi.
5. Iqtisodiy muvozanatlik turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Masalan,
umumiy, xususiy, uzoq muddatli, qisqa muddatli, makroiqtisodiy, mikroiqtisodiy
va h.k. U ko‘pdan ko‘p real iqtisodiy hayotda balans ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
6.
Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o‘rtasida
miqdor va sifat jihatdan ma’lum moslik, ya’ni mos keluvchi nisbatlar bo‘lib, bunda
tenglik bo‘lishi shart emas. U 1:2, 3;2, 5:3, va h.k. nisbatlarda bo‘lishi mumkin.
7. Iqtisodiy mutanosibliklarning barchasini umumlashtirib umumiqtisodiy
tavsifdagi mutanosibliklar; tarmoqlararo mutanosibliklar; tarmoq ichidagi
mutanosibliklar; ishlab chiqarish ichidagi mutanosibliklar hududiy (territorial)
mutanosibliklar; davlatlararo mutanosibliklarga guruhlash mumkin.
|