Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə420/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   416   417   418   419   420   421   422   423   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Asosiy tayanch tushunchalar 
Iqtisodiy muvozanat
– iqtisodiy jarayonlar, voqea, hodisalarning bir-biri 
bilan bog‘liqlikda va qarama-qarshi bo‘lgan ikki yoki bir necha tomonining teng 
kelish holati. 
Xususiy muvozanat
– bu ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar yoki iqtisodiyot bo‘laklarining miqdoran teng kelishi. 
Iqtisodiy mutanosiblik
– iqtisodiyotning turli tarmoqlari, tomonlari va 
sohalari o‘rtasida miqdor va sifat jihatdan bir-biriga mos kelishi. 
 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
1.
Iqtisodiy muvozanat, xususiy va umumiy muvozanatlarga tavsif bering. 
Ularga misollar keltiring.
2.
Iqtisodiy muvozanatlik qanday ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi? 
3.
Milliy 
iqtisodiyotning 
muvozanat 
darajasiga 
erishishda 
xususiy 
mutanosibliklarning roli qanday, ularning o‘zaro ta’siri qanday bo‘ladi
4.
Mutanosiblikning qanday turlarini bilasiz Ularga qisqacha ta’rif bering. 
5.
Makroiqtisodiy barqarorlik nima Unga erishish yo‘llari qanday
6.
Respublikada iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishlarni qaysi 
yo‘llarda amalga oshirish ko‘zda tutilgan


566 
20-bob. ISHCHI KUCHI, UNING BANDLIGI VA ISHSIZLIK
Iqtisodiyotning barcha sohalarida, shuningdek, ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatishning hamma fazalarida ishchi kuchi eng faol omil hisoblanadi. Chunki 
boshqa hamma omillar ishchi kuchi yordamida harakatga keltiriladi, ularning 
qiymatlari saqlab qolinib, yangi mahsulotga o‘tkaziladi, yangi mahsulot yangi 
qiymat shu ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida ishchi kuchi 
tomonidan yaratiladi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishchi kuchining mazmuni, 
tarkibi, ishchi kuchi bozorini o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Ushbu bob 
ishlab chiqarishning shaxsiy omili va jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi 
bo‘lgan ishchi kuchini takror hosil qilish hamda uning xususiyatlari bilan bog‘liq 
muammolar bayon qilish bilan boshlanadi. Ishchi kuchi bozori va ishsizlik 
muammolari batafsil qarab chiqiladi. Shuningdek, ishsizlikning turlari va uning 
darajasini aniqlash usullari, ishsizlarni ijtimoiy himoyalash kabi masalalarga ham 
e’tibor qaratiladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   416   417   418   419   420   421   422   423   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin