561
molik. Bunda uning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar tahlili, ya’ni qo‘shilgan
ulushlarning tarkibi hamda YaIMning o‘sishiga qo‘shgan hissasini ko‘rib chiqish
maqsadga muvofiqdir.
Yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni
ko‘paytirishni ta’minlaydigan kimyo, neft-gaz va neft-kimyo sanoatini,
mashinasozlik, metallni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, engil,
oziq-ovqat sanoatining yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlarini va boshqa
sohalarni yuksak darajada rivojlantirish oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga
erishishning asosiy manbai bo‘lishi darkor.
Respublika milliy iqtisodiyotida erishilgan bu ijobiy natijalar tarkibiy qayta
qurishlar asosida butunlay yangi iqtisodiyot majmuasining bunyod etilganligi,
birinchi navbatda eng muhim makroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nisbatlarini
davlat tomonidan samarali tartibga solishning natijasi hisoblanadi. Bunda asosiy
e’tibor iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi, hududlarning tarkibiy tuzilishini
takomillashtirishga qaratiladi.
Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlarini ta’minlash odamlar turmush
darajasida vujudga kelgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish, resurslar va
ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishda katta
ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuningdek, bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini
o‘zgartirish, uning sifatini yaxshilash va mahsulot tayyorlashga ketadigan jami
xarajatlarni kamaytirish talablari ham hisobga olinadi.
Iqtisodiyot tuzilishidagi o‘zgartirishlar, chetdan mahsulot olib kelishni
qisqartirish, iqtisodiyotning xomashyo etishtirishga qartilgan bir tomonlama
yo‘nalishini bartaraf etish va uning eksport imkoniyatini kengaytirish, tarmoqlar
ichidagi va hududiy jihatdan vujudga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf etish
asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta’minlash vazifalarini
hal etish bilan bog‘liqlikda amalga oshirildi.
Shu vazifalardan kelib chiqib,
Dostları ilə paylaş: