Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Ishchi kuchining sifati uning tarkibining zamon talablari jihatidan



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə422/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   418   419   420   421   422   423   424   425   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ishchi kuchining sifati uning tarkibining zamon talablari jihatidan 
ijtimoiy ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiqligi darajasini namoyon etadi. 
Ishchi kuchining sifati uning ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, malaka, ish tajribasi 
darajalari kabi ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi. Fan-texnika taraqqiyotining 
jadallashib borishi bilan ishchi kuchining sifatiga bo‘lgan talab ham ortib boradi. 

Hozirgi davrda ishchi kuchi resurslarining faol va potensial qismi farqlanadi.


Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan va ishlashga tayyor bo‘lib, ish izlab 
turgan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab 
chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotganlar va vaqtinchalik uy xo‘jaligida, 
boshqa har xil ishlarda band bo‘lganlar potensial qismi hisoblanadi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy kuchlari va aqliy 
qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklab va ta’minlab turish, ularning mehnat 
malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi 
o‘sishini ta’minlash demakdir. Ishchi kuchini takror yaratish xodimlarni ishlab 
chiqarishga jalb etishni, tarmoqlar, korxonalar, mintaqalar o‘rtasida ishchi kuchi 
resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlashni, ularning xodimlarga bo‘lgan 
ehtiyojlari qondirilishini va ayni paytda mavjud ishchi kuchining ish bilan to‘la va 


568 
samarali band bo‘lishini ta’minlaydigan ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini yaratishni 
ham o‘z ichiga oladi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “... hamma ham 
tadbirkor bo‘la olmaydi. Shu sababli bunday odamlar bilan tizimli ish olib borib, 
ularni kasbga qayta tayyorlash orqali ularni munosib ish joyi bilan ta’minlash 
lozim”
1

Ishchi kuchi yoki mеhnat qobiliyati har qanday tovar kabi to‘rtta faza orqali 
takror ishlab chiqariladi (20.1-rasm). 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   418   419   420   421   422   423   424   425   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin