576
o‘rtasida bo‘sh ishchi o‘rnini egallash borasida raqobat kurashi vujudga keladi.
Uchinchidan,
ishchi kuchi bozori ishchi kuchi yalpi taklifining unga bo‘lgan yalpi
talabdan doimiy ravishda ko‘proq bo‘lishi tendensiyasi bilan tavsiflanadi. Bu esa
bozorda ishchilar band bo‘lmagan qismi (ishsizlar)ning paydo bo‘lishiga olib
keladi.
To‘rtinchidan,
bozor iqtisodiyotining siklli rivojlanishi odatda inflyatsiya
va ishsizlik bilan birga boradi. Bu ikkala jarayon o‘rtasida ma’lum o‘zaro
bog‘liqlik mavjud bo‘lib, u pirovardida ishchilar ommasi hayot darajasining
ahamiyatli darajada pasayib ketishi (narxlarning oshishi, ish haqining qisqarishi,
to‘lovga qodir talabning pasayishi va h.k.) orqali namoyon bo‘ladi.
Muayyan iqtisodiy sharoitlarda ishchi kuchi bozoridagi umumiy holat
inflyatsiyaning o‘sishi uchun asosiy sabab bo‘lishi ham yoki aksincha, uning
o‘sishiga to‘sqinlik qilishi ham mumkin. Mamlakatdagi ishsizlik darajasi qanchalik
past bo‘lsa, inflyatsiya ta’sirida narxlarning o‘sish sur’atlari shunchalik yuqori
bo‘ladi. Ingliz iqtisodchisi A.Fillips ishsizlik va inflyatsiyaning o‘sishi o‘rtasidagi
bog‘liqlikni ko‘rsatib berdi va bu bog‘liqlikni ifodalovchi egri chiziq
Dostları ilə paylaş: