585
adabiyotlarda bu yo‘qotish yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmining orqada qolishi
sifatida aniqlanadi hamda u haqiqiy YaIMning potensial YaIMdan kam bo‘lgan
hajmi sifatida ko‘rinadi. Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, YaIM
hajmining orqada qolishi shunchalik katta bo‘ladi.
Makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi A.Ouken ishsizlik darajasi va
YaIM hajmining orqada qolishi o‘rtasidagi nisbatini matematik ifodalab beradi.
Bu
nisbat iqtisodchilar orasida Ouken qonuni sifatida tanilgan bo‘lib, agar
ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga ortiq bo‘lsa,
YaIM hajmining orqada qolishi 2,5% ni tashkil qilishini ko‘rsatadi
.
Ayrim hollarda milliy mahsulotning haqiqiy hajmi potensial hajmidan ortib
ketishi ham mumkin. Bunday hol ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ham past
bo‘lgan davrlarda ro‘y beradi. Ishlab chiqarishga ishchilarning qo‘shimcha
smenalarini jalb qilish, kapital uskunalardan belgilangan me’yordan ortiqcha
darajada foydalanish, ish vaqtidan keyin qo‘shimcha ishlash va o‘rindosh ishlarda
band bo‘lish kabilar buning asosiy sabablaridir.
Dostları ilə paylaş: