Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə437/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Turg‘un ishsizlik
mehnatga layoqatli ishchilarning ish joyini yo‘qotgan, 
ishsizlik bo‘yicha nafaqa olish huquqidan mahrum bo‘lgan va faol mehnat 
faoliyatiga hech qanday qiziqishi bo‘lmagan qismini qamrab oladi.
«To‘la bandlik» tushunchasi iqtisodiyotda ishsizlikning mutlaq mavjud 
bo‘lmasligini bildirmaydi. Iqtisodchilar friksion va tarkibiy ishsizlikning bo‘lishini 
tabiiy deb hisoblaydilar, shu sababli to‘la bandlik ishchi kuchining 100% dan kam 
qismini tashkil qiluvchi miqdor sifatida aniqlanadi. Aniqroq aytganda, to‘la 
bandlik sharoitida ishsizlik darajasi friksion va tarkibiy ishsizlar soniga teng 
bo‘ladi. Siklik ishsizlik nolga teng bo‘lganda to‘la bandlik sharoitidagi ishsizlik 
darajasiga erishiladi. 
To‘la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasi ishsizlikning 
tabiiy darajasi deb ataladi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi bilan bog‘liq bo‘lgan 
milliy ishlab chiqarishning real hajmi, iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyatini 
ko‘rsatadi. To‘la bandlik yoki ishsizlikning tabiiy darajasi ishchi kuchi bozori 
muvozanatiga erishganda, ya’ni ish izlovchilar soni bo‘sh ishchi o‘rinlari soniga 


584 
teng kelganda vujudga keladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi qandaydir darajada 
iqtisodiy jihatdan maqbul hisoblanadi. Chunki «friksion» ishsizlarga mos keluvchi 
ish o‘rinlarini topish, «tarkibiy ishsizlarga» ham yangi kasbni o‘zlashtirish yoki 
yangi yashash joyida ish topish uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. «Ishsizlikning 
tabiiy darajasi» tushunchasi ma’lum bir aniqliklar kiritishni talab qiladi. 
Birinchidan,
bu tushuncha iqtisodiyot har doim ishsizlikni tabiiy darajasida amal 
qilishi va shu orqali o‘zining ishlab chiqarish imkoniyatini ro‘yobga chiqarishini 
bildirmaydi. Chunki, ko‘pincha ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ortiq, ayrim 
hollarda, masalan, ish vaqtidan ortiqcha ishlash va o‘rindoshlik ishlarida band 
bo‘lish natijasida tabiiy darajadan past ham bo‘lishi mumkin. 
Ikkinchidan,
ishsizlikning tabiiy darajasi o‘z-o‘zicha doimiy miqdor hisoblanishi shart emas, u 
tarkibiy o‘zgarishlar (qonunlar va jamiyat urf-odatlaridagi o‘zgarishlar) oqibatida 
o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, AQShda ishsizlikning tabiiy darajasi dastlab 
XX asrning 60-yillari o‘rtalarida 4,5% deb belgilangan bo‘lsa, 70-yillarning 
boshiga kelib 5,5%, 80-yillarning boshida esa 6% gacha o‘sdi. Jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozidan keyingi davrda Ispaniyada 2012 yil ohiriga kelib ishsizlik 
darajasi 24,44% gacha o‘sdi, ishsizlarning umumiy soni 5,6 mln. kishiga yetib 
bordi
1


Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin