Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə433/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   429   430   431   432   433   434   435   436   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Monetar maktab namoyandalari
(M.Fridmen, E.Felps va boshqalar) bozor 
iqtisodiyotini o‘z-o‘zidan tartiblanuvchi tizim sifatida baholab, undagi narx 
mexanizmining o‘zi bandlikning oqilona darajasini belgilab berishini 
ta’kidlaydilar. Bunday tizimga davlat tomonidan har qanday aralashuv bozorning 
o‘zini-o‘zi tartibga solish mexanizmini ishdan chiqaradi. Davlatning pul vositasida 
yalpi talabni rag‘batlantirishi esa pirovardida inflyatsiya jarayonlarining 
kuchayishini keltirib chiqaradi. 
Monetaristlar iqtisodiyotda doimo ma’lum darajada ishsizlik mavjud 
bo‘lishini ta’kidlab, uni «ishsizlikning tabiiy me’yori» deb ataydilar. Bandlikning 
bu «tabiiy daraja»dan chetlanishi faqat qisqa muddatli tavsif kasb etadi. Bandlikni 
barqarorlashtirish bo‘yicha siyosat ishsizlik darajasini uning tabiiy me’yoridan 
chetlanishiga, ishlab chiqarish hajmi va band bo‘lganlar sonining tebranishlariga 
qarshi kurashga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Ishchi kuchi bozorini muvozanatga 


580 
keltirish uchun monetaristlar asosan pul-kredit siyosati dastaklaridan foydalanishni 
tavsiya etadilar. 
Institutsional-sotsiologik maktab namoyandalari
(T.Veblen, J.Danlop, 
J.Gelbreyt, L.Ulman va boshqalar) ishchi kuchi bandligi borasidagi muammolar 
turli ko‘rinishdagi institutsional islohotlar yordamida hal etilishi mumkin, degan 
qoidaga asoslanadilar. Ular bu muammoning faqat makroiqtisodiy jihatdan tahlili 
bilan chegaralanmaydilar. Shuningdek, ular ishchi kuchi tarkibi va unga tegishli 
holda ish haqi darajasidagi ijtimoiy, kasbiy, tarmoq, yosh, jins, etnik va boshqa 
tafovutlar ta’sirida ishchi kuchi bozorida vujudga keladigan nomuvofiqliklarni 
izohlashga harakat qildilar. 
Shartnomaga asoslangan bandlik nazariyasi
(M.Beyli, D.Gordon, 
K.Azariadis) o‘zida neoklassik hamda keynscha talqinlarni uyg‘unlashtiruvchi 
konsepsiya hisoblanadi. Konsepsiya mualliflari, bir tomondan, pul ko‘rinishidagi 
ish haqi qat’iyligi to‘g‘risidagi keynscha qoidani qabul qiladilar va ishchi kuchi 
bozoridagi muvofiqlashuv narxlar (ya’ni, ish haqi) hisobiga emas, balki ishlab 
chiqarish moddiy hajmi va bandlikning o‘zgarishi hisobiga amalga oshishini 
ta’kidlaydilar. Boshqa tomondan, bu qat’iylikning o‘zi xususiy iqtisodiy 
manfaatlar ostida harakat qiluvchi individlarning xatti-harakatidan keltirib 
chiqariladi. Mazkur nazariyaning asosida tadbirkorlar va ishchilar o‘zaro uzoq 
muddatli shartnoma munosabatlariga kirishishlari to‘g‘risidagi qoida yotadi. 
Mazkur shartnoma huquqiy jihatdan taqozo etilgani uchun emas, balki har ikkala 
tomon uchun ham iqtisodiy jihatdan foydaliligi sababli paydo bo‘ladi. Firma ishlab 
chiqarishning pasayib ketishi davrida mehnatga haq to‘lash hajmini 
kamaytirmaydi, ishlab chiqarishning o‘sishi davrida esa malakali ishchilarga ish 
haqini oshirmaydi. Pul ko‘rinishidagi ish haqining o‘zgarishi bir tekisda boradi. Ish 
haqi darajasi individlar xatti-harakatining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq 
natijasi sifatida ma’lum me’yorda qat’iy tus oladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   429   430   431   432   433   434   435   436   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin