Fillips egri
chizig‘i
deb nom oldi (20.1-rasm).
W, P,%
W – nominal ish haqining o‘sish sur’ati;
P – inflyatsiya darajasi;
U – ishsizlik darajasi.
U,%
20.1-rasm. Fillips egri chizig‘i
Fillips egri chizig‘iga ko‘ra, inflyatsiya darajasini 1%ga pasaytirish uchun
ishsizlikni 2%ga o‘stirish lozim bo‘ladi. Ishsizlik va inflyatsiya darajasidagi
nisbatni tartibga solishda davlatning iqtisodiy siyosati asosiy rol o‘ynaydi. Davlat
ish bilan bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi va ish haqi darajasi o‘rtasidagi
oqilona nisbatni ta’minlash orqali nafaqat ishsizlik va inflyatsiya darajasini nazorat
qilishi, balki ularning iqtisodiyot rivojlanishi va aholi turmush darajasiga salbiy
577
ta’sirining oldini olishi ham lozim. Shunday qilib, ishchi kuchi bozori bozor
xo‘jaligi tizimida yetakchi o‘rin tutib, uni yuqori darajada tashkil etmasdan turib
iqtisodiyotning samarali amal qilishiga erishib bo‘lmaydi.
Bozor iqtisodiyoti tizimida ishchi kuchi bozorining roli u bajaradigan ikkita
vazifa orqali belgilanadi. Birinchi vazifasi bevosita mehnat jarayonida ishchining
ishlab chiqarish vositalari bilan biriktirish mexanizmi hamda band bo‘lmagan
ishchi kuchining harakatini samarali tartibga solish bilan bog‘liq. Ikkinchi vazifasi
esa yalpi ishchi kuchining sifatini yanada takomillashtirgan holda takror ishlab
chiqarish orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda ishchi kuchi bandligini oshirish va aholini ijtimoiy himoyalash
borasida davlat tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida yildan-yilga
ish bilan ta’minlanish darajasi o‘sib bormoqda (20.2-jadval).
20.2-jadval
O‘zbekistonda ish bilan ta’minlashning asosiy ko‘rsatkichlari
1
Yillar
Ish qidiruvchi
sifatida
ro‘yxatdan
o‘tganlar, ming
kishi
Ish bilan
ta’minlan-
ganlar, ming
kishi
Ish bilan ta’minlan-
ganlarning
solishtirma
salmog‘i, %
Hisobot davri oxiriga
rasmiy tarzda
ro‘yxatga olingan
ishsizlar soni, ming
kishi
2004
425,0
323,7
76,2
34,9
2005
410,3
325,1
79,2
27,7
2006
391,5
320,7
81,9
29,1
2007
557,4
486,5
87,3
27,4
2008
623,3
546,6
87,7
22,9
2009
658,2
566,3
86,0
20,1
2010
671,6
595,6
88,7
16,2
2011
661,4
595,7
90,1
12,9
2012
653,0
590,5
90,4
6,0
...
2015
324,0
241,4
74,5
3,0
2016
263,4
248,2
94,2
5,0
2017
271,9
229,9
84,6
14,9
2018
626,5
611,4
97,6
32,3
1
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi hamda https://mehnat.uzG`opendataG`viewG`25
sayti ma'lumotlari
578
Jadvaldan ko‘rinadiki, agar ish bilan ta’minlanganlarning solishtirma salmog‘i
2004 yilda 76,2% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilga qadar ularni ish bilan
ta’minlash salmog‘i oshib bordi. Ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlra
tomonidan olib borilgan say xarakatlar va mehnat yarmarkalarining o‘tkazilishi
natijasida ish bilan ta’minlanish kuchayib bordi. Shu sababli keyingi vaqtlarda
bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat qiluvchilar va ularning bandlikni
ta’minlash borasidagi ulushining pasayishi ko‘zda tutildi. Bu ko‘rsatkich 2018
yilga kelib 97,6% ga yetdi.
Dostları ilə paylaş: |