581
kuchi bozorini tartiblashdan voz kechish,
bandlikning moslashuvchan, funksional
jihatdan individuallashtirilgan va nostandart shakllariga (qisman bandlik, to‘liq
bo‘lmagan ish haftasi yoki ish kuni, qisqa muddatli shartnomalar, uyga ish olish va
h.k.) o‘tishning zarurligi to‘g‘risidagi qoidalar yotadi.
Bunday yondoshuv
iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish xarajatlarini kamaytirishni ta’minlashga
qaratilgan bo‘lib, ishga yollash, ishdan bo‘shatish va bandlik shakllarining turliligi
va moslashuvchanligi; ish vaqtini tartibga solishning moslashuvchanligi; ish haqini
tabaqalashtirish asosida tartibga solishning moslashuvchanligi; ishchilarni ijtimoiy
himoyalash usul va shakllari,
shuningdek, ishchi kuchi bozoridagi talab va
taklifning
tebranishiga
ishchi
kuchi
hajmi,
tarkibi,
sifati
va
narxi
muvofiqlashuvining moslashuvchanligi hisobiga erishiladi.
Umuman olganda
moslashuvchan ishchi kuchi bozori konsepsiyasi tadbirkor va ishchilar o‘zaro
munosabatlarining turli shakllarini mavjudligini taqozo etib,
ishchi kuchi
bozorining yalpi xarajatlarini ratsionallashtirish, foydalilik
darajasini oshirish va
yuqori harakatchanligini ta’minlashga qaratilgan.
20.4. Ishsizlik va uning turlari. Ishsizlik darajasini aniqlash
Iqtisodiyotning samarali amal qilishiga mamlakatdagi ishsizlik darajasi
muhim ta’sir ko‘rsatadi.
Ishsizlik – mamlakatdagi mavjud ishchi kuchi bir qismining
foydalanilmay qolishini namoyon etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy hodisa. Mehnatga
Dostları ilə paylaş: