Iqtisodiy muvozanat deb bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlikda va ta’sirda amal qiladigan iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki yoki bir necha tomonining teng kelgan holatiga aytiladi. Shuning uchun
ham butun iqtisodiyotning muvozanati to‘g‘risida gap borganda, eng avvalo uning
bozor iqtisodiyoti davridagi asosiy ko‘rsatkichi sifatida yalpi talab va yalpi taklif
o‘rtasidagi tenglik e’tiborga olinadi.
Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanatning shakllanishi, uni ta’minlash
ancha murakkab va ziddiyatli jarayondir. Chunki u xususiy va umumiy tavsifdagi
bir qator muvozanatlar tizimini o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy muvozanat kategoriyasining mazmunini to‘g‘ri tushuntirish uchun
unga ikki tomonlama ya’ni qiymat va naflilik jihatdan yondashuv usulini qo‘llash
maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodiy muvozanatlikning ikki tomoni – qiymat va naflilik jihatidan taxlili
E.Shodmonovning
tadqiqot
ishlarida
ancha
batafsil
berilgan.
Bunda
muvozanatlikning
turli
darajalari
mazmunan
farqlanilib,
umumiy
muvozanatlikning qiymat va naflilik jihatidan tarkibi alohida tasvirlangan (19.2-
rasm).
Rasmdan ko‘rinadiki, milliy iqtisodiyot darajasidagi umumiy muvozanatning
asosiy ko‘rinishi jamiyat barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish hajmi
o‘rtasidagi tenglik bo‘lib, uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi aniq shakli – yalpi
talab va yalpi taklif tengligi sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq, hozirgacha aksariyat
hollarda bu tenglik faqat qiymat miqdori jihatdan ta’minlanishi lozim, deb
qaralmoqda. Fikrimizcha, bu o‘rinda miqdoriy tenglik faqat qiymat jihatidan emas,
balki naflilik jihatidan ham ta’minlanishi lozim.
551
19.2-rasm. Umumiqtisodiy muvozanatlikning qiymat va naflilik jihatidan tarkibi