18.4-jadval
Jahon mamlakatlarining inqirozga qarshi kurashga sarflangan moliyaviy
xarajatlari (2009 yil)
1
Mamlakat
Moliyaviy xarajatlar,
mlrd. dollar
Mamlakat YaIMga nisbatan
%hisobida (2008 yil)
Rossiya
222
13,9
Buyuk Britaniya
1020
37
AQSh
3539
25
Germaniya
893
23
Yaponiya
576
12
Xitoy
570
13
Dunyo bo‘yicha
9400
15
Yevropaning yirik banklari milliylashtirildi, ya’ni davlat tomonidan sotib
olindi. Inqirozdan qutqarish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlardan ko‘rinib
turibdiki, rivojlangan mamlakatlar tartibga solinmaydigan erkin bozor haqidagi
ideologik dogmani orqaga tashlab, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
usullaridan keng foydalana boshladilar.
Tijorat banklarini «milliylashtirish»ni nazarda tutuvchi davlat budjetidan
ajratilgan mazkur investitsiya resurslari ma’lum bir davrga o‘zining ijobiy
natijasini berishi mumkin.
Hozirgi vaqtda dunyo mamlakatlari tomonidan inqirozga qarshi kurash
bo‘yicha yirik miqdorda moliyaviy resurslar ajratilmoqda. Ularning hajmi va yalpi
ichki mahsulotga nisbatan salmog‘i inqirozning ta’sir ko‘lami va har qaysi
mamlakatlarning inqirozga qarshi kurash bo‘yicha ishlab chiqqan rejalari hajmiga
asoslanadi.
1
http://data.worldbank.org/indicator/NY.GDP.MKTP.KD.ZG
541
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri
borasida Birinchi Prezidentimiz o‘z asarlarida quyidagicha ta’kidlaydilar:
«...tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir
ko‘rsatmaydi, bizni chetlab o‘tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani
bunday tushunish o‘ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo‘lmas xato bo‘lur edi.
Barchamiz bir haqiqatni anglab etishimiz lozim – O‘zbekiston bugun xalqaro
hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi
hisoblanadi.
Biroq, o‘z o‘rnida ta’kidlash lozimki, moliyaviy inqirozning respublikamiz
iqtisodiyotiga ta’siri boshqa rivojlangan va ayrim qo‘shni davlatlardagiga
qaraganda mazmunan farq qiladi. Agar boshqa mamlakatlarda bu jarayonlar
bevosita moliya tizimining izdan chiqishi va ishlab chiqarish hajmlarining keskin
qisqarib ketishi, ko‘plab yirik korxonalarning yopilishi orqali namoyon bo‘lsa,
O‘zbekistonda inqirozning iqtisodiyotga ta’siri jahon xomashyo bozorlarida
eksport mahsulotlariga talabning susayishi tufayli narxlarning keskin pasayishi
hamda buning oqibatida eksport daromadlarining sezilarli kamayishi, asosiy savdo
hamkorlar xarid qobiliyatining pasayishi natijasida tashqi savdo aylanmasining
qisqarishi orqali namoyon bo‘ladi.
Shu bilan birga, bugungi kunda ko‘plab yetakchi olim va mutaxassislarimiz
tomonidan iqtisodiyotimizda moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlari ta’sirini
pasaytiradigan omillar mavjudligi ta’kidlanmoqda. Ba’zi mutaxassislarning
fikricha, «hozirgi inqiroz ehtimol tutilayotgan salbiy ta’sirlardan tashqari biz uchun
ijobiy ta’sirlarga ham ega bo‘lishi, yangi imkoniyatlarni vujudga keltirishi
mumkin. AQSh va Yevropadagi investorlar aksiyalardan bosh tortib, o‘z
aktivlarini bo‘shatmoqdalar. Mohiyatiga ko‘ra, qaytadan qandaydir ishga jalb
etilishi zarur bo‘lgan resurslarni bo‘shatish jarayoni bormoqda. Demak, yangi
bozorlarni, yangi imkoniyatlarni izlash boshlanadi. Investorlar kapital kiritishning
muqobil yo‘llarini qidiradilar. G‘arb bozorlari turg‘unlikka yuz tutgan chog‘da
rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlari o‘sishning ijobiy dinamikasini ko‘rsatadi.
Shunday mulohazalardan kelib chiqqan holda, ko‘plab investorlar O‘zbekiston
542
bozoriga e’tibor qaratishlari ehtimoldan xoli emas»
1
. Shuningdek, jahon moliyaviy
inqirozining O‘zbekistonga ta’sirining jiddiy bo‘lmaganligini qo‘yidagi omillar
bilan izohlash mumkin:
-
ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning
bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lining tanlanganligi;
- davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi
zarurligining aniq belgilab olinganligi;
- O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek,
iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz
ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va
zarur resurslar bazasining mavjudligi;
- oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi;
- aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda
iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o‘sishining oldini olishga doir
chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilganligi;
- davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va
ishonchli ekani, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchliligi bilan
izohlanadi.
Respublikamizda doimo qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib,
chet el investitsiyalarini uzoq muddatlarga, imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha jalb
etildi. Natijada milliy iqtisodiyotimizning halqaro kreditlar bozoridagi
kon’yunkturaga keskin bog‘liqligini va moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlarining
oldi olindi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda tashqi dunyo bilan ikki tomonlama o‘zaro
manfaatli aloqalarimiz rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish,
texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishimizda
xorijiy mamlakatlarning ilg‘or texnologiyalariga asoslangan investitsiyalariga
ehtiyoj mavjud. Qolaversa, jahon bozoridagi talabning pasayib borishi mahalliy
ishlab chiqaruvchi korxonalarimizning eksport ko‘lamiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
1
Хаитбаев Д. Кризис может иметь свои плюсы //
http://www.review.uz/page/article/v_uzbekistane/2356
.
543
Shunga asoslangan holda, hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan davlat
dasturlarida ichki talabni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan bir qator moliyaviy
imtiyozlar va barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlovchi chora-tabdirlar
majmui o‘z aksini topdi.
Dostları ilə paylaş: |