Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə450/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   446   447   448   449   450   451   452   453   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
21.2-jadval 
Davlat budjeti xarajatlari to‘g‘risida ma’lumot (mlrd.so‘m)
2
 
Ko‘rsatkichlar
2012 
2014 
2016 
2017 
2018 
2019 
Davlat budjeti xarajatlari 
21571 31425,4 40930,0 49344,9 79 736,1 118008,6 
Ijtimoiy 
soha 
va 
aholini 
ijtimoiy 
qo‘llab-quvatlash 
xarajatlari 
12513 18493,7 24106,7 26922,7 42901,1 63580,1 
Iqtisodiyot xarajatlari 
2372 
3363,3 
4346,9 
5280,7 
8461,8 
18481,0 
Markazlashgan 
investitsiyalarni 
moliyalashtirish 
1059 
1624,7 
2131,8 
3234,8 
5396,4 
7048,5 
Davlat 
hokimiyati 
va 
boshqaruvi 
organlari, 
sud 
organlari xarajatlari 
629 
1414,2 
1790,8 
1932,9 
3666,1 
6020,3 
Boshqa xarajatlar 
4735 
6529,4 
8553,8 11973,8 19310,7 22878,7 
 
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, davlat budjeti xarajatlarida ijtimoiy soha va 
aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarining salmog‘i yuqori bo‘lmoqda. 
Xususan, ushbu xarajatlar 2012 yilda 12513 milliard so‘mga rejalashtirilib, jami 
budjet xarajatlarida 58 foizni tashkil etishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib 
1
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi ma'lumotlari asosida - https://www.mf.uz/uz/rukovodstvo-i-
podvedomstvennye-organizacii/content/parametry-gosudarstvennogo-byudzheta.html 
2
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi ma'lumotlari asosida - https://www.mf.uz/uz/rukovodstvo-i-
podvedomstvennye-organizacii/content/parametry-gosudarstvennogo-byudzheta.html 


598 
ushbu xarajatlar 63580,1 milliard so‘m hajmida bajarilgan va uning jami budjet 
xarajatlaridagi ulushi 53,9 foizini tashkil etadi. Demak, ushbu sohaga qilinayotgan 
xarajatlar, birinchidan, nominal mazmunda va shuningdek, umumiy xarajatlar 
salmog‘ida ham ortib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, 
PF-4947-sonli Farmonining 3-yo‘nalishining 3.1-bandida “xarajatlarning ijtimoiy 
yo‘naltirilganligini saqlab qolgan holda, Davlat budjetining barcha darajalarida 
mutanosibligini muvozanatni saqlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini 
mustahkamlashga yo‘naltirilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish” 
masalasi qo‘yilgan. 
Shunga mos tarzda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston 
Respublikasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti 
to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 
imzolandi. Unga ko‘ra, ilk bor, “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining 
Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan respublika 
budjeti xarajatlari vazirlik va idoralar kesimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi palatalari tomonidan, mahalliy budjetlar xarajatlari esa xalq deputatlari 
mahalliy kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo‘yildi. 2020 yildan 
boshlab barcha davlat maqsadli jamg‘armalari va chetdan jalb qilingan tashqi qarz 
mablag‘lari 
hisobidan 
amalga 
oshirilayotgan 
davlat 
xarajatlari 
konsolidatsiyalashgan davlat budjetida aks ettirilib, budjet qamrovi va ochiqligi 
darajasi kuchaytirildi. Xalqaro standartlarga muvofiq umumiy fiskal balansining 
hisobini yuritish yo‘lga qo‘yildi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil 
sug‘urta (ijtimoiy sug‘urta, tibbiy sug‘urta) fondlari va budjetdan tashqari moliya 
fondlari (pensiya fondi, aholini ish bilan ta’minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish 
fondi, tarixiy yodgorliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko‘mak berish fondi va 
boshqalar)ning ahamiyati ortib boradi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   446   447   448   449   450   451   452   453   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin