Tijorat banklari o‘zlarining xo‘jalik mavqeiga ko‘ra aksionerlik tipidagi
muassasalar hisoblanadi. Huquqiy mavqeiga ko‘ra, faoliyatning biron bir turiga
xizmat ko‘rsatuvchi, ixtisoslashgan yoki milliy bank bo‘lishi mumkin.
Ixtisoslashgan tijorat banklar – iqtisodiyotning turli sohalarida tijorat
tamoyillarida kredit-pul operatsiyalarining muayyan turlarini amalga oshiradi.
Jumladan, respublikamizda Sanoat qurilish banki – sanoat, transport, aloqa va
moddiy-texnika ta’minoti sohalarida; Agrobank – agrosanoat majmui tarmoqlari va
sohalarida; Tadbirkor banki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, kooperativ va
yakka tartibdagi mehnat faoliyati sohasida kredit-pul operatsiyalarini amalga
oshiradi.
Xalq banki – mamlakatda omonat ishlarini tashkil etish, naqd pulsiz hisob-
kitob qilish va aholi uchun kassa vazifasini amalga oshirish, aholiga shaxsiy
ehtiyojlarga kredit berish kabi operatsiyalarni ta’minlaydi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki eksport-import operatsiyalarini
bevosita amalga oshiruvchi korxona va muassasalarga kredit beradi, qo‘shma
korxonalarga kredit berishda qatnashadi, yig‘ma valyuta rejasining ijrosini, valyuta
resurslaridan tejab foydalanishini nazorat qiladi, shuningdek, tashqi iqtisodiy
operatsiyalarga oid hisob-kitoblarni tashkil qiladi va amalga oshirishni ta’minlaydi.
Tijorat banklari tizimida tor ixtisoslashuvi bo‘yicha investitsion va ipoteka
banklarini ajratib ko‘rsatish lozim.
Investitsion banklar – maxsus kredit muassasalari bo‘lib, obligatsiya hamda
qarz majburiyatlarining boshqa turlarini chiqarish yo‘li bilan uzoq muddatli ssuda
kapitalini jalb qiladi va ularni mijozlar (asosan, davlat va tadbirkorlar) ga taqdim
qiladi.
Investitsion kompaniyalar o‘zlarining qimmatli qog‘ozlarini chiqarish yo‘li
bilan huquqiy investorlar pul resurslarini to‘playdi va ularni korxona (milliy va
chet el)lar aksiya va obligatsiyalariga joylashtiradi. Bunday kompaniyalar to‘liq
637
investorlar manfaatini ifodalaydi va ularning asosiy maqsadi qo‘yilgan kapital
hisobiga foyda olish hisoblanadi.