Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə501/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   497   498   499   500   501   502   503   504   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xulosalar 
 
1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga 
aralashuvi uning bozor vositasida o‘zini-o‘zi tartibga solish orqali bajarish mumkin 
bo‘lmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo‘lmaydigan vazifalarni o‘z 
zimmasiga olishi; bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste’molning 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 1-ilova. 


664 
xususiy tavsifi keltirib chiqaruvchi salbiy oqibatlarni bartaraf etish zarurligi; 
iste’molchilarning manfaatlarini himoyalash; bozorning tabiatidan kelib 
chiqadigan ayrim holatlarni qisman engillashtirish, jumladan, aholining kam 
ta’minlangan qatlamining turmush darajasi haqida g‘amxo‘rlik qilish, bepul (yoki 
imtiyozli) bilim berish, tibbiy xizmat ko‘rsatish va shu kabilarni o‘z zimmasiga 
olishi; hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish 
vazifasini ham o‘z zimmasiga olishi orqali izohlanadi. 
2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat 
a’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab 
chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy 
iqtisodiy muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish 
jarayonini tashkil etish bo‘yicha faoliyati tushuniladi.
3. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning vazifalari 
orqali ifodalanib, ular, asosan, bozor tizimining amal qilishini engillashtirish va 
himoya qilish, iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoyillaridan kelib 
chiqadi. Ya’ni, bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug‘diruvchi 
huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash; raqobatni himoya qilish; daromad va 
boylikni 
qayta 
taqsimlash; 
resurslarni 
qayta 
taqsimlash; 
iqtisodiyotni 
barqarorlashtirish, iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va 
bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish. 
4. Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bevosita va bilvosita ta’sir 
qilish usullari hamda tashqi iqtisodiy usullardan foydalanadi. Tartibga solishning 
bevosita ta’sir qilish usullaridan foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish 
jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ma’muriy tartibga 
solish ko‘zda tutiladi. Bu usullar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlarini bevosita boshqarish; narxlar va ish haqini 
«muzlatib» qo‘yish siyosati; ish bilan bandlik xizmati (mehnat birjalari) faoliyatini 
tashkil qilish; iqtisodiy sohani tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlarni ishlab 
chiqish va qabul qilish va h.k.


665 
5. Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga 
ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va budjet siyosatida o‘z ifodasini topadi. 
Pul-kredit siyosatining
 
asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi: hisob 
stavkasini tartibga solish; moliya-kredit muassasalalarining Markaziy bankdagi 
zaxiralari minimal hajmini o‘rnatish va o‘zgartirish; davlat muassasalarining 
qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari (davlat obligatsiyalarini chiqarish, 
ularni sotish va to‘lash). Davlat budjet siyosati uning daromadlar va harajatlar 
qismini o‘zgartirishga qaratilib, bu usulning eng asosiy dastagi soliqlar 
hisoblanadi.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   497   498   499   500   501   502   503   504   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin