Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə500/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   496   497   498   499   500   501   502   503   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

tashqi iqtisodiy usullar
yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita va dastaklar orqali 
mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga oshiriladigan xo‘jalik aloqalariga 
bevosita ta’sir ko‘rsatiladi.
Tovarlar, xizmatlar, kapital va fan-texnika yutuqlari eksportini rag‘batlantirish 
tadbirlari, eksportni kreditlash, chet ellardan investitsiyalar va eksport kreditlarini 
kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga cheklashlar kiritish yoki bekor qilish, tashqi 
savdoda boj to‘lovlarini o‘zgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb 
qilish yoki cheklash bo‘yicha tadbirlar, mamlakatga chetdan ishchi kuchini jalb 
qilish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda va davlatlararo uyushmalarda qatnashish 
mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga solishning asosiy 
vositalaridir.
Shunday qilib, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning qarab 
chiqilgan barcha ichki va tashqi iqtisodiy usullari (vosita va dastaklari) birgalikda 
milliy iqtisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga va mamlakatning tashqi 
iqtisodiy aloqalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi”ning 3.4-bandi “
Iqtisodiyotda 
davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning 
ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 


663 
rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni 
davom ettirish”
1
 
bo‘lib, unda quyidagilar belgilab berilgan. 
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay 
ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, 
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy 
aralashuvlarning qat’iy oldini olish; 
- davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-
taomillarini 
soddalashtirish, 
xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektlarning 
ustav 
jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan 
obyektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish;
- korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, 
korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish; 
- mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda 
davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan 
chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, 
jamoat tashkilotlari va joylardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini 
oshirish. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, 2017-2021 yillarda iqtisodiyotni boshqarishda 
davlatning aralashuvi va ta’siri keskin kamaytirilib, o‘zini-o‘zi boshqarish tizimi 
kuchaytiriladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   496   497   498   499   500   501   502   503   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin