Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə508/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   504   505   506   507   508   509   510   511   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

moliya-kredit tizimi
orqali olinadigan pul daromadlari 
quyidagilardan iborat:
- davlat sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar;
- shaxsiy uy qurilishiga va kooperatsiya jamiyati a’zolariga bank ssudalari;
- jamg‘arma bankidagi omonatlar bo‘yicha foizlar;
- aksiya, obligatsiya qiymatining o‘sishidan olinadigan daromad va zayom 
bo‘yicha to‘lovlar;
- lotereya bo‘yicha yutuqlar;
- tovarlarni kreditga sotib olish natijasida paydo bo‘ladigan vaqtincha bo‘sh 
mablag‘lar;
1
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari asosida. 


674 
- har xil turdagi kompensatsiya to‘lovlar va h.k. 
Aholi daromadlari ularning turmush darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 
 
24.3. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash 
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha 
daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar 
aholisining daromadlari darajasi o‘rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Shu 
bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari 
o‘rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo‘ladi. Mamlakatning iqtisodiy 
rivojlanishi darajasi ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf eta olmaydi. 
O‘z-o‘zidan aniqki, iqtisodiy o‘sish daromadlarning ko‘payishiga olib keladi. 
Bunda butun aholi daromadlari mutlaq miqdorda asta-sekin o‘sib boradi. 
Daromadlarning mutlaq miqdori ko‘payib borsa-da, har doim ham daromadlar 
tengsizligi darajasiga ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin. Daromadlar tengsizligi 
darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida 
Lorens egri chizig‘idan
foydalaniladi (24.3-rasm).
Daromad, % 
aholi, %
 
24.3-rasm. Lorens egri chizig‘i
 
Rasmning yotiq chizig‘ida aholi guruhlarining foizdagi ulushi, tik chizig‘ida 
esa bu guruhlar tomonidan olinadigan daromadning foizdagi ulushi joylashtirilgan. 
Nazariy jihatdan daromadlarning 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   504   505   506   507   508   509   510   511   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin