675
(burchakni teng ikkiga bo‘luvchi) 0E chiziqda ifodalangan bo‘lib, u oilalarning har
qanday tegishli foizi daromadlarning mos keluvchi foizini olishini ko‘rsatadi. Ya’ni
aholining 20 foizi barcha daromadlarning 20 foizini, aholining 40 foizi
daromadlarning 40 foizini, aholining 60 foizi daromadlarning 60 foizini olishini
bildiradi va h.k. Demak, 0E chizig‘i daromadlarning taqsimlanishidagi mutlaq
tenglikni ifodalaydi. Shuningdek, nazariy jihatdan
mutlaq tengsizlikni
ham ajratib
ko‘rsatish mumkin. Bunda aholining ma’lum guruhlari (20 foiz, 40 yoki 60 foiz va
h.k.) hech qanday daromadga ega bo‘lmay, faqat bir foizi barcha 100 foiz
daromadga ega bo‘ladi. Rasmdagi 0FE siniq chizig‘i mutlaq tengsizlikni
ifodalaydi.
Real hayotda mutlaq tenglik va mutlaq tengsizlik holatlari mavjud bo‘lmaydi.
Balki aholining ma’lum guruhlari o‘rtasida daromadlarning taqsimlanishi notekis
ravishda boradi. Bunday taqsimlanishini Lorens egri chizig‘i deb nomlanuvchi 0E
egri chizig‘i orqali kuzatish mumkin. Aholi guruhlari ulushi va daromad ulushini
birlashtiruvchi egri chiziqdan ko‘rinadiki, aholining dastlabki 20 foiziga
daromadlarning juda oz (taxminan 3-4 foizgacha) qismi to‘g‘ri keladi. Keyingi
guruhlarga to‘g‘ri keluvchi daromad ulushi ortib boradi. Daromadning eng katta
qismi (deyarli 60 foiz) aholining so‘nggi 20 foiziga to‘g‘ri keladi. Bu guruh
chegarasi ichida ham daromadlar notekis taqsimlangan, ya’ni dastlabki 10 foiz
taxminan 20 foiz daromadga ega bo‘lsa, keyingi 10 foizga daromadning deyarli 40
foizi to‘g‘ri keladi va h.k.
Mutlaq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorens egri chizig‘i o‘rtasidagi tafovut
daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik katta bo‘lsa, ya’ni
Lorens egri chizig‘i 0E chizig‘idan qanchalik uzoqda joylashsa, daromadlar
tengsizligi darajasi ham shunchalik katta bo‘ladi. Agar daromadlarning haqiqiy
taqsimlanishi mutlaq teng bo‘lsa, bunda Lorens egri chizig‘i va bissektrisa o‘qi bir-
biriga mos kelib, farq yo‘qoladi.
Daromadlar
tabaqalanishini
aniqlashning
ko‘proq
qo‘llaniladigan
ko‘rsatkichlaridan biri
Dostları ilə paylaş: