Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə512/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   508   509   510   511   512   513   514   515   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

BMT metodikasi. 
Kambag‘allik chegarasini asosiy tovar va xizmatlar (oziq-
ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar-joy haqini to‘lash, suv bilan ta’minlash, 
elektr energiyasi, maktab ta’limi, tibbiy xizmat) uchun zarur bo‘lgan daromadlar 
sifatida belgilaydi. Kambag‘allik darajasi nisbiy tushuncha sanaladi va muayyan 
mamlakatdagi umumiy farovonlik darajasiga bog‘liq. Kambag‘allik 
mutlaq
va 
nisbiy
kabi turlarga bo‘linadi. Mutlaq kambag‘allikda kun kechiruvchi odamlar 
biologik tirik qolishni ta’minlaydigan minimal ehtiyojlarnigina qondirishlari 
mumkin. 
Mutlaq kambag‘allik
– daromadlarning umuman yo‘qligi yoki shaxsning 
(oilaning) minimal turmush ehtiyojlarini qondirish uchun zarur daromadning 
yo‘qligidir. Mutlaq kambag‘allik toifasiga ko‘proq daydilar, boshpanasizlar va shu 
kabilarni kiritish mumkin. 
Nisbiy kambag‘allikni
– O‘zbekiston 
sharoitida yashash minimumi 
budjetidan kam bo‘lgan daromadlar miqdori bilan aniqlanadi. Jahon amaliyotida 
esa bu ko‘rsatkich mamlakat bo‘yicha o‘rtacha daromadlarning 40-60 foizidan kam 
bo‘lgan daromadlarga nisbatan qo‘llaniladi. 
Hukumat mahalliy organlari aholining kam ta’minlangan qatlamlarini 
aniqlash, ijtimoiy himoya sohasidagi vazifalarni aniqlash maqsadida kambag‘allik 
chegarasini belgilaydi. Bunda turli mezonlardan foydalaniladi, boy mamlakatlarda 
qashshoqlik chegarasi, kambag‘al mamlakatlarga qaraganda yuqoriroq. 
Jahon banki metodikasi. 
1990 yilda Jahon banki ekspertlari kambag‘al 
davlatlarda qo‘llanadigan standartlardan foydalanib, dunyodagi kambag‘al aholi 
sonini hisoblashni taklif qilishgandi. 15ta davlatdagi kambag‘allikning milliy 


680 
darajasini o‘rganib, xarid qobiliyati asosida valyuta kurslarini qo‘llagan holda 
(xarid qobiliyati; butun dunyodagi ana shu narxlar asosida hisoblanadi) qayta 
hisoblashdi. Tovar va xizmatlar to‘plami narxini barcha mamlakatlarda to‘g‘ri 
taqqoslash uchun ana shunday qilingan. 
Natijada ekspertlar o‘rganilayotgan qashshoq mamlakatlarning oltitasida 
kambag‘allikning eng pastki darajasi kuniga bir kishi uchun 1 dollarga yaqin 
daromad deb hisoblashdi. Bu ko‘rsatkich ilk xalqaro kambag‘allik chegarasi 
sifatida qabul qilindi. 
Dunyo mamlakatlaridagi hayot qiymatidagi tafovutlar ortib borgani sababli 
Jahon banki global kambag‘allik ko‘rsatkichini vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib 
chiqish zaruriyatiga duch keldi. 2005 yilda bank dunyoning eng qashshoq 
mamlakatlarida qabul qilingan kambag‘allik darajasi asosida ana shu ko‘rsatkichni 
qayta hisobladi. Natijada global qashshoqlikning pastki chegarasi 1,25 dollargacha 
deb hisoblashdi. 2018 yilda bu chegara qayta ko‘rib chiqildi va 1,9 dollargacha 
degan fikrga kelindi.
Bundan tashqari, Jahon banki kambag‘allikning o‘rtadan past, o‘rta va yuqori 
darajalariga – 3,2 dollar, 5,5 dollar va 21,7 dollar daromadlarga ega mamlakatlarni 
kambag‘allikning yuqori darajalari deb qabul qilingan. Bank mutaxassislari bu 
ko‘rsatkichlar pul mezonlariga asoslangani va ular ta’lim olish, sog‘liqni saqlash 
xizmatlari va suv hamda elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik kabi jihatlarni 
hisobga olmasligini ta’kidlashadi. 
O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Jahon banki va BMT 
Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda dastur ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Uni 
amalga oshirish uchun 700 million dollar mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan. 
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatimizda 12-15 foiz yoki 4-5 million 
aholimiz kambag‘al bo‘lib hisoblanadi. Bu ularning bir kunlik daromadi 10-13 
ming so‘mdan oshmayapti, degani. Yoki bir oilada mashina ham, chorva ham 
bo‘lishi mumkin, lekin bir kishi og‘ir kasal bo‘lsa, oila daromadining kamida 70 
foizi uni davolatishga ketadi. 


681 
Hozirgi rivojlanish konsepsiyasi halk farovonligini oshirish, kambag‘allik va 
kam ta’minlanganlikning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligidan kelib chiqadi, 
shuning uchun respublikada o‘tkazilayotgan islohotlar aholi daromadiga nisbatan 
moslashuvchan siyosat o‘tkazishni maqsad qilib qo‘ygan. U ish haki sohasidagi 
bozor islohotlarining har bir bosqichida rivojlanish va o‘zgarishga, daromadlar 
miqdoriga bog‘liq ravishda maksimal soliqka tortishni qo‘llash, kam daromadli 
aholiga transfert to‘lovlar miqdorini ko‘paytirishga qodirdir. Statistik 
ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekistonda oxirgi ikki yil ichida ijtimoiy nafaqa 
oluvchilar soni 1,3 barobar ko‘payibdi, nafaqalar miqdori esa 2 barobar oshibdi. 
Lekin ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pulini to‘lash yoki ular miqdorini 
oshirish bilan mavjud muammo to‘liq echimini topmagan. 
Kambag‘allikni tamomila yo‘qotib bo‘lmagan taqdirda ham qisqartirib borish 
imkoniyati bo‘ladi. Bunga asosan 2 yo‘l bilan erishiladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   508   509   510   511   512   513   514   515   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin