676
ta’minlanganlar o‘rtacha daromadi o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, AQSh
va Buyuk Britaniyada bu nisbat 13:1ga, Shvetsiyada esa 5,5:1ga teng.
“O‘zbekistonda mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab jamiyatning
ijtimoiy tabaqalashuv darajasini kamaytirishga alohida e’tibor berilayotgani, sodda
qilib aytganda, o‘ta
boylar ham, o‘ta kambag‘allar ham bo‘lmasin, degan -
tamoyilga amal qilib kelinayotgani sizlarga yaxshi ma’lum, albatta. Yurtimizdagi
10 foiz ta’minlangan va 10 foiz etarlicha ta’minlanmagan aholi daromadlari
o‘rtasidagi farq, ya’ni «detsil koeffitsenti» deb nom olgan ko‘rsatkich barqaror
pasayish tendensiyasiga ega bo‘lib, bu raqam 2010 yildagi 8,5 foiz o‘rniga 2015
yilda 7,7 foizni tashkil etdi”
1
.
Yalpi daromadning aholi guruhlari o‘rtasida taqsimlanishini
tavsiflash uchun
aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Jini koeffitsienti)
ko‘rsatkichi
qo‘llaniladi. Jini koeffitsienti rasmdagi Lorens egri chizig‘i bilan mutlaq tenglik
chizig‘i o‘rtasidagi yuzaning 0FE uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi.
Bu ko‘rsatkich qanchalik katta bo‘lsa, (ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik
shuncha kuchli bo‘ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari tenglashib borganda bu
ko‘rsatkich 0 (nol)ga intiladi. Masalan, keyingi yarim asr davomida Jini indeksi
Buyuk Britaniyada 0,39 dan 0,35
ga qadar, AQShda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar
pasaygan.
Daromadlarning
taqsimlanish
darajasi
Jini koeffitsienti
yordamida
baholanadi va u
0 ≤KJ ≤1
oraliqda bo‘ladi.
1. Jini koeffitsienti 0 ga teng bo‘lganda daromadlar aholi orasida teppa-teng
taqsimlanadi.
2. Jini koeffitsienti 1 ga teng bo‘lganda barcha daromadlar ayrim shaxslar
tasarrufida bo‘ladi.
Bu holatlar quldorlik tizimida ko‘proq vujudga kelgan.
Jahon tajribasida jamiyatda ijtimoiy tabaqalanish
va xavfsizlik darajasini
baholashning yana bir mezoni – Jini indeksidan keng foydalaniladi.
1
I.Karimov. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni,
iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznеs va tadbirkorlikka
yanada kеng yo‘l ochib bеrish hisobidan oldinga yurishdir // Xalq so‘zi, 2016 yil 16 yanvar
677
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida Jini indeksi ko‘rsatkichi 0,40 dan 0,269
ga pasaydi. Bu natija BMT tavsiyalariga binoan 0,35-0,37 miqdorida belgilangan
xalqaro standartlarga ko‘ra, mamlakat aholisining ijtimoiy
farovonligi muttasil
o‘sib borayotganidan dalolat beradi. Jini indeksi – aholi daromadlarining amalda
teng taqsimlanishini bildiradi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisodiy beqarorlik tufayli qarab chiqilgan
bu ko‘rsatkich o‘sish tamoyiliga ega bo‘ladi. Umumiy daromadning tabaqalanishi
alohida tarmoqlar va faoliyat sohalarida ish haqi darajasidagi farqlarning ortishi
bilan birga boradi. Milliy iqtisodiyotda o‘rtacha ish haqining tarmoqlar, korxonalar
va ishlovchilar toifalari bo‘yicha yuqori tengsizligi tarkib topadi. Daromadlar
tengsizligida katta farqlar mavjud bo‘lishining asosiy sababi bozor tizimiga
asoslangan iqtisodiyotning o‘z xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Respublikamizda
ham bozor iqtisodiyotiga o‘tish daromadlar tengsizligi muammosini
keskinlashtiradi. Bu yerda asosiy rolni mol-mulk (uy-joy, ko‘chmas mulk, aksiya
va boshqalar)ga ega bo‘lish omili o‘ynay boshlaydi. Daromadlarning tabaqalanish
jarayoni yetarli darajada tez boradi, minimal darajadan bir necha o‘n baravar
yuqori daromadga ega bo‘lgan ijtimoiy qatlam shakllanadi. Daromadlarning
tabaqalanishi mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqaradi. Vaqt o‘tishi bilan
oilalarning o‘z mol-mulkini meros qilib qoldirishi natijasida daromadlar
tabaqalanishining kuchayishi ro‘y beradi. Har xil oilalar uchun turlicha iste’mol
muhiti yaratiladi. Ijtimoiy tenglik va daromadlar taqsimotida adolatni ta’minlashda
muhim muammolar vujudga keladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi
umumiy omillar ham mavjud bo‘ladi. Bularning asosiylari quyidagilar:
-
kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar;
-
ta’lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
-
tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
-
ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o‘rnatishga
layoqatliligi
(bozordagi hukmronlik darajasidan kelib chiqib) darajasidagi farqlar.
678
Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi
daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a’zolari uchun
ancha qulay moddiy hayot sharoitini ta’minlashga qaratiladi.
Daromadlar tengsizligi kamayishining taxminan 80 foizini asosan transfert
to‘lovlari taqozo qiladi. Aniqroq aytganda davlat transfert to‘lovlari eng past
daromad oluvchi kishilar guruhi daromadining asosiy qismi (70-75 foiz)ni tashkil
qiladi va qashshoqlikni yumshatishning eng muhim vositasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: