Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə520/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   516   517   518   519   520   521   522   523   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Asosiy tayanch tushunchalar 
Aholi daromadlari 
– aholining ma’lum vaqt davomida pul va natural shaklda 
olgan daromadlari miqdori. 


690 
Nominal daromad 
– aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari 
summasi. 
Ixtiyorida bo‘lgan daromad 
– barcha soliqlar to‘langandan keyin qolgan 
daromad, ya’ni shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish mumkin 
bo‘lgan daromad. 
Real daromad 
– narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib aholi ixtiyoridagi 
daromadning zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni sotib olishga etadigan 
quvvati, ya’ni aholi daromadining xarid quvvati. 
Lorens egri chizig‘i 
– daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy jihatdan 
ifodalovchi geometrik egri chiziq. 
Ijtimoiy to‘lovlar 
– kam ta’minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam 
ko‘rsatishga qaratilgan turli xil to‘lovlar. 
Ijtimoiy siyosat
– davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni, 
iqtisodiyot qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan 
siyosat. 
Kambag‘allik
- insonning hattoki birlamchi ehtiyojlarini to‘liq qondirish 
uchun yetarli bo‘lmagan pul daromadiga va moddiy mol-mulkka ega emasligidir. 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
1. 
Davlatning aholi daromadlarini shakllantirish siyosati deganda nimani 
tushunasiz? Ijtimoiy adolatni ta’minlashda bu siyosatning roli qanday? 
2. 
Aholi daromadlari tushunchasini va uning darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillarni sanab ko‘rsating. 
3. 
Turmush darajasi va uning tushunchasiga izoh bering. Turmush darajasini 
qanday ko‘rsatkichlar tavsiflab beradi? 
4. 
Daromadlar tengsizligining asosiy sabablarini sanab ko‘rsating va 
tushuntirib bering. 
5. 
Lorens egri chizig‘i nimani anglatadi? Uning mazmunini misollar 
yordamida bayon qiling. 


691 
6. 
Jini koeffitsienti qanday aniqlanadi? Rivojlangan mamlakatlarda mazkur 
koeffitsient qiymatining o‘zgarish tendensiyalari nima bilan izohlanadi? 
7. 
O‘zbekistonda davlat yordam dasturlari tizimini isloh qilish va uni hozirgi 
davrdagi asosiy yo‘nalishlarini izohlang. 
8. 
Mamlakatimizda «Ijtimoiy himoya yili» davlat dasturi doirasida qanday 
ishlar amalga oshirildi? 
9. 
Keyingi yillarda O‘zbekistonda aholi daromadlarini oshirish borasida 
qanday natijalar qo‘lga kiritilmoqda? 
10. Mamlakatimizdagi aholi daromadlari tarkibining o‘zgarishida qanday 
tendensiyalar kuzatilmoqda?


692 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   516   517   518   519   520   521   522   523   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin