Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


IV B O‘ L I M. J A H O N X O‘ J A L I G I



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə521/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   517   518   519   520   521   522   523   524   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

IV B O‘ L I M. J A H O N X O‘ J A L I G I 
 
25-bob. JAHON XO‘JALIGI VA UNING EVOLYUSIYASI
Oldingi bo‘lim va boblarda iqtisodiy munosabatlarning namoyon bo‘lish 
qonuniyatlari va xususiyatlari alohida olingan xo‘jaliklar tarmoqlar va milliy 
iqtisodiyot miqyosida ko‘rib chiqilgan edi. Shuningdek, bu munosabatlarni nafaqat 
alohida xo‘jalik subyektlari va milliy iqtisodiyotlar, balki butun jahon xo‘jaligiga 
nisbatan ham ko‘rib chiqish muhim hisoblanib, bunda mazkur munosabatlarning 
namoyon bo‘lish shakllari mazmun jihatdan farqlanadi.
Bu holatlar jahon xo‘jaligi aloqalari va ularning milliy xo‘jaliklarning 
iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini alohida tahlil qilishni taqozo etadi. Shunga ko‘ra 
ushbu bobda jahon xo‘jaligining tarkib topishi, bunda ishlab chiqarishning 
baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlarining o‘rni, xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarning shakllari, jahon infratuzilmasining rivojlanishi, jahon xo‘jaligi 
aloqalarini xalqaro tartibga solish masalalari bayon etiladi.
25.1. Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon jihatlari 
va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi 
Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi rivojining muhim tamoyili milliy 
xo‘jaliklarning baynalminallashuvi, shu asosda jahon xo‘jaligi va avvalo jahon 
bozorining shakllanishi va rivojlanishidan iborat. Insoniyat taraqqiyoti uchun 
ijobiy bo‘lgan bu jarayonga etmish yildan ortiq davr davomida dunyoning ikki 
qarama-qarshi ijtimoiy-siyosiy tizimiga bo‘linganligi salbiy ta’sir ko‘rsatib keldi. 
Hozir yangi davr boshlandi, dunyoning iqtisodiy rivojlanishi va shunga mos 
ravishda O‘zbekiston bilan jahon hamjamiyati mamlakatlari o‘rtasidagi 
aloqalarning butunlay yangi imkoniyatlari vujudga keldi. O‘zbekiston va jahon 
hamjamiyati mamlakatlari o‘rtasidagi har tomonlama aloqalarning kengayishi va 
chuqurlashuvi har ikki tomon uchun iqtisodiy va siyosiy jihatdan foydali 


693 
hisoblanadi. Shu bilan birga, har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi, uning 
milliy xo‘jaligi ko‘p darajada nafaqat bu mamlakatning ichki imkoniyatlari bilan, 
balki uning xalqaro ijtimoiy mehnat taqsimotida qatnashish darajasi va miqyosi, 
butun insoniyat resurslari bilan aniqlanadi. 
Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim o‘ziga xos 
xususiyatlaridan biri – turli mamlakatlar va mintaqalar xo‘jaliklari o‘rtasidagi 
o‘zaro bog‘liqlikning o‘sib, rivojlanib borishi hisoblanadi. 
Jahon xo‘jaligi birdaniga shakllangan tizim emas, u uzoq davrni o‘z ichiga 
olgan tarixiy jarayon hisoblanadi. Turli mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar 
dastlab cheklangan turdagi va miqdordagi tovarlar savdosi shaklida kelib chiqib, 
bu quldorlik va feodalizm davrlarida ham mavjud bo‘lgan. Bunga misol qilib, 
qadimdan O‘rta Osiyoda joylashgan mamlakatlarning Xindiston, Xitoy, Arab va 
boshqa mamlakatlar bilan, ikkinchi tomondan esa, Yevropa mamlakatlari bilan 
“Buyuk ipak yo‘li” orqali olib borgan turli xil savdo-sotiq ishlarini ko‘rsatish 
mumkin.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda Rim imperiyasi davrlarida ham turli xil 
xalqaro savdolar, ayniqsa, qul savdosi amalga oshirilgan. Lekin u davrda asosan 
natural ishlab chiqarish xukmron bo‘lib, tovarlar savdosi va iqtisodiy aloqalar juda 
cheklangan holda bo‘lgan. Keyinchalik tovar ishlab chiqarish va tovar-pul 
munosabatlarining rivojlanishi, oltinning yagona jahon puli sifatida tan olinishi 
buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilikning rivojlanishi, xalqaro mehnat 
taqsimotining kuchayishi jahon bozorining paydo bo‘lishi va rivojlanishi ilmiy 
texnika taraqqiyotining jadallashuvi, globallashuv jarayonlarining kuchayishi kabi 
qator omillar turli mamlakatlar iqtisodiyotini bir-biri bilan bog‘liq holda 
rivojlanishga va asta-sekinlik bilan jahon iqtisodiyoti tizimiga birlashishiga turtki 
bo‘ldi. 
Ayniqsa, hozirgi davrda umumjahon muammolari: sovuq urushning oldini 
olish va tinchlikni ta’minlash; ekologik buzilishning oldini olish; cheklangan 
energiya va yoqilg‘i manbalaridan samarali foydalanish; energiyaning yangi 
manbalarini topish (masalan, quyosh energiyasidan foydalanish); rivojlangan va 


694 
kam taraqqiy etgan mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyat va keskinlikni yumshatish; 
xalqaro terrorizmga va giyohvandlikka qarshi kurashish kabi muammolarni 
birgalikda hal qilish masalasi milliy xo‘jaliklarni jahon xo‘jaligiga birlashishni 
zarur qilib qo‘ymoqda. Jahon xo‘jaligining asta-sekinlik bilan shakllanishini, uning 
rivojlanish bosqichlarini ko‘rib chiqqanda yanada ravshanroq ko‘rinadi. 
Bu masalada ham iqtisodiy adabiyotlarda turlicha yondashuvlar mavjud. 
Ularning ayrimlarida jahon xo‘jaligining rivojlanishini 5 bosqich deb, ayrimlarida 
esa 4 bosqich deb beriladi. Masalan, E.F.Borisov jahon xo‘jaligi shakllanishining 
to‘rtta bosqichini ajratib ko‘rsatadi. Biz misol tariqasida ushbu bosqichlarni bayon 
qilamiz. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   517   518   519   520   521   522   523   524   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin