703
yutuqlarini tezlik bilan o‘zlashtirish imkonini berdi.
Natijada, bir mamlakatda
yaratilgan yangi texnika va texnologiyalar, sun’iy to‘siqlarni bartaraf etgan holda,
jahon bo‘yicha tezlik bilan tarqalmoqda. Biroq, XX asrning oxiriga kelib, jahon
xo‘jaligidagi iqtisodiy o‘sish sur’atlarida jiddiy tafovutlar sezilmoqda. Birinchidan,
rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning ko‘payish tezligi juda o‘sib
ketdi. Aholi jon boshiga YaIM o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan
rivojlanayotgan
mamlakatlar soni ko‘paydi. Ikkinchidan, iqtisodiy rivojlanish sur’atlaridagi
tafovutlar natijasida g‘arb mamlakatlari iqtisodiy qudratining sekin-asta, biroq
muntazam ravishdagi nisbatan pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Ba’zi
mamlakatlar o‘zlarining iqtisodiy o‘sish sur’atlarini
sezilarli darajada oshirgan
holda zamonaviy sanoatlashgan ishlab chiqarishning eng yuqori darajasiga
erishishga harakat qilmoqdalar. Masalan, 1970-1980 yillarda yangi industrial
mamlakatlarning «dastlabki avlodi» – Koreya Respublikasi, Tayvan,
Singapur va
Gonkong ancha tez sur’atlarda rivojlandi. 1990 yillarning oxiriga kelib yangi
industrial mamlakatlarning «ikkinchi avlodi» – Indoneziya, Filippin,
Malayziya,
Tailand jadal sur’atda taraqiy etdi. Ular rivojlangan mamlakatlar bilan nafaqat
an’anaviy ishlab chiqarish sohalari, balki murakkab texnika mahsulotlari, jumladan
ishlab chiqarish vositalari bozori bo‘yicha raqobatlasha boshladilar. Biroq, hali
jahon xo‘jaligi tarkibida ishlab chiqarishning sanoatlashuvi darajasiga etmagan,
taraqqiyotda ilgarilab ketgan mamlakatlarga etib olish uchun zarur resurslarga ega
bo‘lmagan ko‘plab mamlakatlar ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: