Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə525/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   521   522   523   524   525   526   527   528   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Rivojlanganlik darajasi
bo‘yicha ham o‘z navbatida uchta guruh farqlanadi: past, 
o‘rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar. Shimoli-sharqiy Osiyo va Lotin 
Amerikasidagi yangi industrial mamlakatlar (YaIM), yuqori daromadli neft eksport 
qiluvchi mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, Quvayt va boshqalar), eng kam 
rivojlangan mamlakatlar (EKRM), shu jumladan eng kambag‘al mamlakatlar 
(Chad, Bangladesh, Efiopiya), har xil mintaqaviy ittifoqlar va baynalminal 
guruhlarga ajratiladi. Bu barcha turli-tumanlik bir butun yaxlitlikka o‘zaro 
iqtisodiy bog‘liqlikning har xil jihatlari orqali tortiladi. Hozirgi xo‘jalik 
aloqalarining chuqurlashib borayotganligi, baynalminallashuvning kuchayishi 
hamda fan-texnika inqilobining keng qamrovli tavsifi, aloqa va kommunikatsiya 
vositalarining butunlay yangi roli sharoitida milliy iqtisodiyot o‘z-o‘zini ta’minlash 
orqali samarali amal qilishi mumkin emas. 
Jahon xo‘jalik aloqalarining tez o‘sishi shunday davrlarga to‘g‘ri keladiki, bu 
davrda ishlab chiqarish omillarining harakati tezlashadi, kapital milliy chegaradan 
chiqadi, ishchi kuchi migratsiyasi kuchayadi, xalqaro mehnat taqsimotining 
shakllanish jarayoni tezlashadi. Bu shundan guvohlik beradiki, xo‘jalik aloqalarining 


698 
baynalminallashuvini ko‘p jihatdan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish 
mantiqi taqozo qiladi, ya’ni u milliy chegaradan o‘sib chiqadi va obyektiv ravishda 
ishlab chiqarishning baynalminallashuvini zarur qilib qo‘yadi. 
Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi – bu 
mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda 
iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olish jarayoni 
hisoblanadi. 
Barcha iqtisodiy jarayonlarning baynalminallashuvi natijasida jahon 
xo‘jaligining quyidagi tarkibi vujudga keldi: 
1)
tovar va xizmatlar jahon bozori
2)
kapitallar jahon bozori; 
3)
ishchi kuchi jahon bozori; 
4)
xalqaro valyuta tizimi; 
5)
xalqaro kredit-moliya tizimi. 
Bundan tashqari, baynalminallashuv axborotlar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlanmalari, madaniyat sohalarida ham rivojlanmoqda. Yagona 
ilmiy-axborot makoni shakllanmoqda. 
Xalqaro savdo milliy davlatlarning paydo bo‘lishi bilan ular orasidagi 
iqtisodiy va siyosiy aloqalarning ifodasi sifatida qadimdan amal qilib kelgan 
bo‘lsada, bu hali jahon bozori mavjudligini anglatmas edi. Jahon bozori faqat yirik 
mashinalashgan sanoatning paydo bo‘lishi bilan dastlab bir qator mamlakatlar 
o‘rtasida vujudga kelib, XX asrning boshlarida jahonning barcha mamlakatlarini 
qamrab oldi. 
Alohida mamlakatlar milliy bozori hamda jahon bozori farqlanadi. Jahon 
bozori bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Agar milliy bozorda tovarlar 
harakati iqtisodiy omillar (ishlab chiqarish aloqalari, transport, xomashyo, mehnat 
resurslari va h.k.) bilan bog‘liq bo‘lsa, tovarlarning jahon bozoriga bu omillardan 
tashqari alohida davlatlarning tashqi iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko‘rsatadi.
Milliy xo‘jaliklar va ular o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar negizida shakllangan 
jahon xo‘jaligi asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi. 


699 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   521   522   523   524   525   526   527   528   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin