Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Xalqaro mehnat taqsimoti alohida mamlakatlarning tovar va



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə526/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   522   523   524   525   526   527   528   529   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xalqaro mehnat taqsimoti alohida mamlakatlarning tovar va 
xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashuvini 
ifodalaydi.
Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun 
darajada eksportga yo‘naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarning 
shakllanishiga olib keladi. 
Dastlabki vaqtlarda xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy 
sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Binobarin, faqat sanoat to‘ntarishidan 
keyin, ya’ni ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalminal xususiyat kasb etib, milliy 
xo‘jaliklar doirasidan tashqariga o‘sib chiqa boshlagach, ularning negizida 
barqaror mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topadi. Hozirgi vaqtda xalqaro 
mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlarni o‘z ichiga oluvchi umumjahon xo‘jaligi 
doirasida rivojlanmoqda. 
Xalqaro mehnat taqsimoti va ayirboshlashda qatnashayotgan mamlakatlar bir 
xil sharoitda emas. Bu hol ularning turli geografik ahvoli, tabiiy resurslarining 
tarkibi va miqdori, rivojlanish ko‘lami, darajasi va iqtisodiyotining tuzilishi, ichki 
bozorning hajmi bilan belgilanadi. 
Ana shu farqlar sababli ayrim mamlakatlarda bir xil tovarlarni ishlab 
chiqarishdagi xarajatlar darajasi ham turlicha bo‘ladi. Shuning uchun har bir 
mamlakat o‘zi nisbatan qulayroq, kamroq xarajat bilan ishlab chiqaradigan 
tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotishga harakat qiladi. Aksincha, ishlab 
chiqarish nisbatan ko‘proq xarajat talab qiladigan yoki tabiiy va boshqa 
sharoitlarga ko‘ra umuman ishlab chiqarib bo‘lmaydigan tovarlarni jahon 
bozoridan sotib olishga intiladi. 
Tovarlar mamlakatlar o‘rtasida jahon narxlari asosida ayirboshlanadi. Ular 
baynalminal qiymatga
asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, 
ijtimoiy zaruriy 
baynalminal mehnat sarflari
jahon bozorida e’tirof qilinadi. Umuman olganda
jahon narxlarining tashkil topishi odatda sof holda amalga oshmaydi. Baynalminal 
qiymatning hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi maxsus omillar jahon narxlariga 
ta’sir qiladi. Tashqi savdo va valyuta cheklovlari, valyutalar qiymatining o‘zgarib 
turishi, xalqaro monopoliyalar siyosati, birjadagi chayqovchiliklar va hokazolar 


700 
shular jumlasidandir. Shu sababli ayrim mamlakatlarning jahon bozoridagi 
raqobatlashuv qobiliyatidagi farqlar, pirovard natijada mehnat unumdorligining 
milliy darajadagi farqlarini aks ettiradi. 
Rivojlangan mamlakatlarda keyingi o‘n yilliklarda yangi texnologik asoslarga 
o‘tish jahon xo‘jalik aloqalarining tez o‘sishi bilan birga bordi. Takror ishlab 
chiqarish jarayonlarining baynalminallashuvi o‘zining har ikkala shaklida: 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   522   523   524   525   526   527   528   529   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin