711
Valyuta-moliyaviy sohani xalqaro uyg‘unlashtirishning kuchayishi ko‘p
jihatdan XVFning faoliyati bilan bog‘liq. U o‘zining nizomiga muvofiq valyuta
kurslari va a’zo mamlakatlar to‘lov balanslarini tartibga soladi, ko‘p
tomonlama
to‘lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzlarini nazorat qiladi,
a’zo mamlakatlarga ularning valyuta-moliya muammolarini hal qilish uchun kredit
beradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalashtirish
bilan XTRB faol shug‘ullanadi. XTRB va u bilan
birga Jahon banki tarkibiga
kiruvchi Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya
(XMK) har xil investitsion obyektlarni o‘rta va uzoq muddatli kreditlash bilan
shug‘ullanadi,
loyihalarning
moliyaviy-iqtisodiy
asoslarini
tayyorlaydi,
rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy qayta o‘zgartirishga yordam beradi.
Davlatlararo tashkilotlar ichida barcha
sanoat jihatdan rivojlangan
mamlakatlarni birlashtiruvchi IHRT muhim rol o‘ynaydi. Uning doirasida ichki
iqtisodiy tadbirlarning boshqa mamlakatlar milliy iqtisodiyoti samaradorligiga
ta’sirini, ularning to‘lov balansi holatini o‘rganish
amalga oshiriladi, milliy
iqtisodiyotning jahon xo‘jaligi tamoyillariga tez moslashishini ta’minlash
maqsadida makroiqtisodiy tartibga solish bo‘yicha tavsiyanomalar beriladi. IHRT
jahon xo‘jaligi doirasida ko‘p omilli fuksional aloqalarni o‘rganishni amalga
oshiradi,
valyuta va budjet siyosati, narxlar, savdo va boshqa sohalar bo‘yicha
ilmiy asoslangan iqtisodiy prognozlar tavsiya etadi.
Sharqiy Yevropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta’sir
ko‘rsatish va yordam tashkil qilish maqsadida 1991 yil
Dostları ilə paylaş: